Dunyodagi birinchi SMS kim oshdi savdosida 132 680 yevroga sotildi

"Rojdestvo muborak" - bu 1992 yil 3 dekabrda soat 18:09 da Britaniyaning Vodafone kompaniyasi direktori Richard Jarvis tomonidan qabul qilingan dunyodagi birinchi SMS xabar matni. Deyarli o‘ttiz yil o‘tib, Vodafone tarixiy xabarni Fransiyadagi kim oshdi savdosida 132 680 yevroga sotdi.

Lot raqamli egalik guvohnomasi formati - NFT, "o‘zaro o‘zgarmas token" sifatida havola etildi. Bu raqamli ob’yektning o‘ziga xosligini qayd qiluvchi va unga egalik huquqini tasdiqlovchi kriptografik sertifikatdir. Har bir NFT noyob va uni soxtalashtirish yoki boshqasi bilan almashtirish mumkin emas.

Auksion xaridor ismini oshkor etmadi. Yig‘ilgan mablag‘ xayriya – BMTning qochqinlar bo‘yicha agentligiga yo‘naltiriladi.

Bir hafta oldin «Vikipediya»ning birinchi yozuvi - “Salom, dunyo!” Christieʼs auksionida 750 ming dollarga sotilgan edi.