Dunyodagi buyuk devorlar

Odamlar ming yillar davomida o‘zlarini himoya qilish, biror joyni taqsimlash yoki o‘zini va boshqalarni o‘zidan alohidalash kabi turli maqsadlarda devorlar quradi. Ba’zi devorlarni vaqt shamollari supurib tashlaydi, ba’zilari ehtiyotkorlik bilan tiklanadi, boshqalari esa hali ham bo‘linish vazifasini bajaradi.

Devorlar ham kelishmovchilik ramzi, ham kuch va xavfsizlik timsoliga aylangan. Ba’zi inshootlarni qurish ko‘lami hayratlanarli - ularning buyuk deb atalishi ham bejiz emas...

Buyuk Xitoy devori

 

Великая Китайская стена/ © commons.wikimedia.org

Inson qo‘li yaratgan Buyuk Xitoy devoridan ham kattaroq yodgorlikni tasavvur qilish qiyin bo‘lsa kerak. Asl uzunligi 21 000 kilometrni tashkil etadigan Xitoyning turli hukmdorlari va imperatorlarining ko‘p asrlik mehnatlari natijasi ulkan ajdaho kabi Xitoyning tog‘lari, vodiylari, cho‘llari ustidan sharqdan g‘arbga qarab "uchadi". Buyuk Ipak yo‘liga to‘siq bo‘lib xizmat qilgan va asosiy maqsadi imperiyani shimoldan kelgan mo‘g‘ul bosqinchilaridan himoya qilish bo‘lgan devor qurilishi 7-asrda boshlanib, 1878 yilda yakunlangan. Lekin harbiy nuqtai nazardan bu devor butunlay samarasiz bo‘lib chiqdi va Xitoyni qullikdan qutqara olmadi. Shunga qaramay, Buyuk Xitoy devori mamlakat qudrati ramzi va butun dunyo o‘rtasidagi o‘ziga xos to‘siq bo‘lib qolmoqda.

Buyuk Hind devori

Великая Индийская стена/ © topvoyager.com

36 kilometrga cho‘zilgan sayyoradagi ikkinchi eng uzun devor Kumbalgarh qal’asini himoya qiladi. 7 ta darvoza, 700 ta tayanch qo‘rg‘oni, ketma-ket sakkizta chavandozga o‘tish imkonini beradigan kenglik va sirt zinapoyalari biriktirilishini qiyinlashtiradigan maxsus to‘siqlar – bu Hindistonning g‘arbiy qismidagi Rajastan shtatida joylashgan buyuk Hindiston devoridir.
Kumbalrgarh qal’asi yoki qo‘rg‘onning o‘zi tog‘da joylashgan bo‘lib, bu devor unga har tomondan yaqinlashishni to‘liq himoya qiladi. Odatda to‘siqlar mamlakatlar, imperiyalar yoki katta hududlarni himoya qilish uchun quriladi, biroq bu yerdagi 36 kilometrlik baquvvat devor faqat bittagina qal’ani himoya qilishi tarixdagi noyob holat.

Saksayuaman devorlari

Стены Саксайуамана/ © globalextreme.ru

Bu inshoot Peruda joylashgan va olimlarning fikricha, devorlar Ink imperiyasidagi qadimiy Kusko shahri himoyasi uchun qurilgan. Tog‘ yonbag‘rida bir-birining ustida, ulkan yoyilgan toshlardan qurilgan uchta egri-bugri chiziqli to‘siq qad rostlab turadi. Ulardagi ulkan toshlar bir-biriga shunchalik aniqlik bilan o‘rnatilganki, orasidagi bo‘shliqqa hatto qog‘oz varag‘i ham sig‘maydi, deyishadi.
Qizig‘i, Saksayuaman devorlari shahar joylashgan butun tepalikni o‘rab olmaydi va yon tomoni hujum uchun ochiq edi. Shu sababli, qadimgi inklar nima uchun bu g‘alati devorni barpo qilganligi haligacha ham noma’lum. Shunga qaramay, ular konkistadorlar hujumlari va zilzilalarga bardosh berib, bugungi kunda ham sayyohlarni hayratlantirib kelmoqda.

Isroil ajratish to‘sig‘i

Израильский барьер/ © bigpicture.ru

Isroil 2003 yilda Iordan daryosining G‘arbiy sohilida 703 kilometrlik ajratish to‘sig‘i qurilishini boshladi va bu qurilish bugungi kungacha davom etmoqda. Asosan harakat sensorlari o‘rnatilgan bu devor oddiy tikanli simli panjara va bo‘linuvchi chiziqdan iborat. Lekin Quddus yaqinida u kuchli poydevor va temir-beton bloklar bilan ko‘tarilgan dahshatli shakllarni oladi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining ko‘plab shikoyatlari va qoralashlariga qaramay, Isroil o‘zining “Buyuk ajratish devori”ni olib tashlamoqchi emas, chunki u yillar davomida terrorchilarga qarshi kurashda o‘zining samaradorligini isbotlab kelmoqda.

B.Muhammadiyeva tayyorladi.