Dunyodagi eng g‘alati shaharlar

Kaliforniya cho‘lining tubida g‘alati qonun-qoidasiz shahar bor, u yerda odamlar suv kranisiz yashaydi, lekin ochiq havoda badiiy art inshootlar yaratib, konsertlar o‘tkazishadi. Va bu hali g‘alatiliklarning hammasi emas!
Ushbu to‘plamda biz Yerdagi eng noodatiy va g‘alati aholi punktlari haqida ma’lumot beramiz.

Sleb-Siti, Kaliforniya

Топ-13 самых странных городов в мире

Kaliforniyadagi Salton-Si ko‘li yaqinidagi cho‘lda, Ikkinchi jahon urushi davridagi eski dengiz kazarmasi o‘rnida joylashgan bu shaharchada qonun yo‘q. Rassom Leonard Naytning “Najot tog‘i” katta installyasiyasini ko‘rishingiz bilan, bu yerga yetib kelganingizni bilib olasiz.

Топ-13 самых странных городов в миреТоп-13 самых странных городов в мире

Bu joyda vodoprovod yo‘q, biroq mahalliy yashovchi boshqarib keladigan ochiq osmon ostidagi “Range” tungi klub bor. Shanba kunlari uning dahasida mahalliy musiqachilar chiqish qiladi va boshqa g‘alati narsalar sodir bo‘ladi. Sleb progressga qarshi, elektr energiyasiz yashashni afzal ko‘radigan “Snowbird” harakati tarafdorlari, mobil uy egalari kabi turli olomonini o‘ziga jalb qiladi.

Supillin, Estoniya

Топ-13 самых странных городов в мире

Aslida, bu alohida aholi punkti emas, balki Tartu shahrining chekkasi. Mahalliy ko‘chalar kartoshka, loviya va no‘xat sharafiga nomlangan, bu esa estoniyaliklarni bu hududni Sho‘rva shahri - Supillin deb atashga ilhomlantirdi. Go‘yo o‘tmishda qotib ketgan joydek past yog‘ochli ikki qavatli uylar xuddi XX asrdagi xarobalarga o‘xshaydi.

Sentraliya, Pensilvaniya, AQSh

Топ-13 самых странных городов в мире

1962 yilning 27 may kuni bu yerda shaxta yong‘inlari boshlandi va oradan 60 yildan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsa ham, u hali hamon yonmoqda. Aholining aksariyati 1980 yillarda boshqa joyga ko‘chirilgan, biroq ba’zilari ketishdan bosh tortdi.

Топ-13 самых странных городов в мире

Sayyohlar bu arvoh shaharchani tomosha qilish uchun bu yerga kelishadi – garchi 10 kishi bu joyni “o‘z uyim” deb atashda davom etsa-da (2011 yilgi aholini ro‘yxatga olish ma’lumotlariga ko‘ra), uning hatto pochta indeksi ham yo‘q.

Setenil de-las-Bodegas, Ispaniya

Топ-13 самых странных городов в мире

Rio-Trexo daryosi qirg‘og‘idagi bu kichik ispan shaharchasi “yashirin” hayot kechiradi: aksariyat aholi yaqin atrofdagi darada qurilgan g‘or uylarida yashaydi. Tog‘li tizmalar issiq yoz oylarida soyani ta’minlab beradi. Atrofdagi plantatsiyalarda zaytun, bodom va uzum yetishtiriladi.

Rozuell, Nyu-Meksiko, AQSh

Топ-13 самых странных городов в мире

Aytishlaricha, 1947 yilning yozida Rozuyellda NUJ halokatga uchragan. Ushbu voqea shahar taqdirini butunlay o‘zgartirib yubordi. Endilikda Rozuyell o‘zga sayyoraliklar vasvasasiga tushgan, hatto mahalliy «Makdonalds» ham uchar likopcha shaklida qurilgan. NUJ turizmi odamlarni Nyu-Meksikodagi ushbu kichik shaharchaga jalb qiladi, u yerda sayyohlar NUJ mavzusidagi ko‘plab do‘konlarni topishlari, “Alien Zone” noma’lum uchuvchi ob’yektlarning yillik yozgi festivalida qatnashishlari, xalqaro NUJ muzeyi va tadqiqot markazida fikr almashishlari mumkin.

Elista, Qalmoqiston, Rossiya

Топ-13 самых странных городов в мире

Bu rus ma’muriy markazida har kuni qirolga tahdid qilinadi, chunki bu yerda barcha gap shaxmat bilan bog‘liq. Shahar markazi maydonidagi yerda chizilgan ulkan taxtada shaxmat suring yoki 1998 yil Shaxmat Olimpiadasida mezbonlik qilgan gumbazli “Chess City” majmuasiga boring.
Qalmog‘iston Respublikasi poytaxti Elista shahri mashhurligining yana bir sababi, Qalmog‘iston Yevropadagi yagona buddoyi hudud hisoblanadi: hatto Chess sitida ham an’anaviy budda san’ati muzeyi bor.

B.Muhammadiyeva tayyorladi.