Dunyodagi eng g‘alati va eng qo‘rqinchli “chiqindixona”lar

Bitta o‘rtacha kattalikdagi shaharning har bir istiqomat qiluvchisi tabiatga yiliga 500 kilogrammga yaqin chiqindi chiqaradi. Ba’zi turdagi chiqindilar qayta ishlashga jo‘natiladi, lekin ularning aksariyati poligonlarga tushadi. Plastik butilkalar, etiketkalar va boshqa tashlab ketilgan narsalar joylashgan, ularning barchasi deyarli bir xil ko‘rinishga ega ulkan maydonlar har bir yirik shaharda bor.

Shuningdek, kishilarni ajablantiradigan yoki qo‘rqitadigan eski texnik asbob-uskunalar va nooddatiy buyumlar tashlangan “qabristonlar” butun dunyo bo‘ylab tarqalgan. U yerga kelgan odam hayratga tushadi yoki o‘zini noqulay his qiladi. Bu joylar haqiqatan ham shunchalik g‘alati va qo‘rqinchlimi? Keling, ushbu poligonlarning fotosuratlariga nazar tashlaymiz.

Las-Vegasdagi neon peshtaxtalar qabristoni

Свалка неоновых вывесок в Лас-Вегасе

Kazinolar va boshqa ko‘ngilochar joylar joylashtirilgan va u yerdagi yorqin rangdagi peshtaxtalarni Las-Vegasning o‘ziga xos belgisi deb ayta olish mumkin. Nevada shtatining aynan shu shahri hududida 1996 yilda neon peshtaxtalar qabristoni paydo bo‘lganligi ham ajablanarli emas. Maydoni taxminan 1,2 gektarni tashkil etadigan chiqindona juda toza saqlanadi. Sababi, bir vaqtlar yorqin chiroqlar bilan yonib turgan avtoturargohlar, kazinolar va boshqa muassasalar peshtaxtalarini borib ko‘rishi uchun sayyohlarga chiptalar sotiladi. Odam bo‘lmagan vaqtda go‘yo burchakdan allaqanday maxluq sakrab chiqadigandek juda vahimali tuyuladi.

Taksofonlar qabristoni

Свалка телефонных будок

London timsollaridan biri - ingliz qizil telefon budkalari qanday ko‘rinishga egaligini hamma bilsa kerak. Buyuk Britaniyada eski kabinalar tashlanadigan kamida ikkita poligon mavjud. Ulardan biri 80 yoshli Mayk Shorsga tegishli. Shors deyarli butun umri davomida buzilgan taksofonlar to‘plamini yig‘ish bilan shug‘ullangan. Ko‘p sonli bir xil ob’yektlar yig‘ilgan bu axlatxona kishida tashvish hissini uyg‘otadi – bu yerda hatto dahshatli filmlarni suratga olish mumkin...

Velosipedlar qabristoni

Какая судьба ждет эти велосипеды, никто не знает

Amsterdam aholisi 800 ming kishiga yaqin bo‘lishiga qaramay, bu yerdagi ikki g‘ildirakli “do‘stlar”ning millionga yaqin egalari borligi haqida dalillar mavjud. Shaharda unutilib qoldirilgan velosipedlar olib boriladigan “Fietsdepot” maxsus joy bor. Dastlab har bir velosiped uchun raqam va belgi ko‘rsatilgan hujjat tuziladi. Politsiya velosiped o‘g‘irlangan yoki qidiruvda ekanligini tekshirganidan so‘ng, egalari o‘z mol-mulkini qaytarish uchun ariza berishlari mumkin. Velosipedlarning 40 foiziga yaqini egalariga qaytariladi, qolganlari esa auksion orqali sotiladi yoki metallolomga topishiraldi.

Avtomobil shinalari qabristoni

Пожар на свалке автомобильных шин

Iroq va Saudiya Arabistoni chegarasida joylashgan Quvaytda dunyodagi eng katta shinalar chiqindi tepasi mavjud. Bu qabristonda yetti millionga yaqin eski shina bor va ular soni kun sayin oshib bormoqda. Poligon shunchalik kattaki, uni hatto sun’iy yo‘ldosh tasvirlarida ko‘rish mumkin. Bu joy Yer yuzidagi ulkan qorong‘u nuqtaga o‘xshab ko‘rinishi bilan birga havoga juda ko‘p miqdordagi zararli moddalarni tarqatadi. Quvaytdagi shinalar chiqindixonasi oxirgi marta 2021 yilda yongan.

Poyezdlar qabristoni

Как правило, кладбища поездов выглядят так

Odamlarning uzog‘ini yaqin qilib katta masofalarni tez bosib o‘tishga imkon beradigan birinchi va samarali transport turidan bugungi kunda ham dunyo bo‘ylab millionlab odamlar foydalanib kelmoqda. Butun dunyoda juda ko‘p eski poyezdlar va ularga biriktirilgan vagonlar qabristonlari bor. Bir paytlar bu vagonlarda bir-biriga mutlaqo notanish bo‘lgan odamlarning jonli suhbatlari bo‘lib o‘tgan mashinalar o‘zining jonsizligi bilan qo‘rqitadi.

B.Muhammadiyeva tayyorladi.