Dunyodagi eng ko‘p sayyohlar tashrif buyuradigan davlatlar

Sayyohlar eng ko‘p qaysi davlatga tashrif buyurishi haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Albatta, dunyoda har yili bir necha million sayyohlarni qabul qilib, ularni o‘zlarining madaniyati, arxitekturasi va milliy xususiyatlari bilan tanishtiradigan davlatlar ko‘p. Bular ichida boshqalariga qaraganda chet ellik sayyohlar ko‘proq tashrif buyuradigan davlatlar bor.

  Fransiya

Yiliga 89 milliondan ortiq tashrif buyuruvchilari bilan Fransiya haqli ravishda dunyodagi eng ko‘p sayyoh keladigan mamlakatdir. Fransiya poytaxtidagi ta’tillar Parijning tarixiy ko‘chalari va chaqnab turgan Eyfel minorasi romantikasini boshdan kechirishni istagan juftliklar orasida juda mashhur.

Bundan tashqari, moda va savdo jannati o‘zining dunyodagi eng yaxshi restoranlari bilan maqtanishi mumkin. Boshqa tomondan, Fransiya maftunkor ko‘plab lojuvard sohilli O‘rta yer dengizi plyajlarini taklif qiladi. Fransiya Riverasi nufuzli kurort shaharlari va qirg‘oq qishloqlariga boy bo‘lib, uni yana bir mashhur sayyohlik maskaniga aylantiradi.

Fransiyaning turli-tumanligi shu yerda to‘xtab qolmaydi, chunki Luara vodiysi qal’alari va uzumzorlari ushbu Yevropa mamlakatiga sayohat qilish uchun yana bir sababdir.

Ispaniya

Yevropaning eng yaxshi dam olish maskanlaridan biri bo‘lganligi bois, shubhasiz, Ispaniya dunyodagi sayohatchilar eng ko‘p tashrif buyuradigan mamlakatlardan biridir. Yiliga 83 millionga yaqin sayyoh Ispaniyaning quyoshli plyajlari va turli shaharlariga tashrif buyuradi.

Mamlakat shimolidagi Me’mor Antonio Gaudining “La Sagrada Familia” kabi ta’sirchan arxitektura yodgorligi joylashgan Barselona qirg‘oq bo‘yi shahridagi mashhur sayyohlik maskani hisoblanadi.

Nazokatli poytaxt Madrid va Balear orollaridagi Ibitsa va Mayorka ham Ispaniyaning mashhur yo‘nalishlari ro‘yxatida birinchi o‘rinda turadi. Kosta-Blanka va Kosta-del-Sol shaharlaridagi plyaj kurortlar asosan turizmga tayanadi va har yili millionlab dam oluvchilarni jalb qiladi.

AQSh

Har yili Amerika Qo‘shma Shtatlariga 80 milliondan ortiq sayyoh keladi. Turli xil landshaftlar, madaniyatlar va diqqatga sazovor joylarga ega bo‘lgan ulkan mamlakatda hamma o‘zi uchun nimanidir topa oladi. iqtisodiyotining katta qismi ham xalqaro, ham ichki turizmga tayangan mamlakatning Nyu-York, Los-Anjeles va Las-Vegas kabi yirik shaharlari eng jozibali yo‘nalishlar qatoriga kiradi. O‘zining tematik parklari va yovvoyi tabiati bilan mashhur Florida shtatidagi oilaviy ta’tillar ham o‘ta mashhur. Kanada, Meksika, Buyuk Britaniya, Yaponiya va Xitoydan kelgan sayohatchilar AQShga eng ko‘p tashrif buyuruvchi sayyohlar sarasiga kiradi.