Dunyodagi eng omadli inson: Frane Selak 7 marta o‘limdan qutuldi, 5 marta uylandi va 1 million dollar yutib oldi

Albatta, hayotda omadli odamlar uchrab turadi. Lekin har doim omadli bo‘lish... Xorvatiyalik musiqa o‘qituvchisi Frane Selak (1929 yilda tug‘ilgan) ana shunday odamlardan biri. Uni dunyodagi eng omadli odam deb atash mumkin.

Frane Selakning yetti falokati

Как самый везучий человек в мире Фране Селак 7 раз избежал смерти,5 раз женился и выиграл 600.000 фунтов..

1962 yil. Sarayevodan Dubrovnik shahriga sayohati chog‘ida u ketayotgan poyezd relsdan chiqib ketdi va muzli suvli daryoga quladi. 17 kishi halokat qurboni bo‘ldi, biroq kuchli sovib ketish, zarba, ko‘karishlar olgan Frane singan qo‘li bilan qirg‘oqqa suzib chiqishga muvaffaq bo‘ldi.

1963 yil. Zagrebdan Ridjekaga parvoz qilayotgan "DC-8" samolyotining eshigi to‘satdan ochilib, Frane samolyotdan tushib ketdi. Bu halokat 19 kishining hayotiga zomin bo‘ldi. Qo‘l oyoqlari lat yegan, kesilgan jarohatlar olgan Frane esa pichanzorga muvaffaqiyatli qo‘ndi.

Фото взято в качестве иллюстрации. Источник - Яндекс Картинки.

1967 yil. Split shahriga ketayotganida u mingan avtobus ag‘darilib, daryoga qulab tushdi. Natijada 4 kishi halok bo‘ldi, Frane qirg‘oqqa suzib chiqib jon saqladi.

1970 yil. Katta yo‘lda ketayotib, uning mashinasi yonib ketdi. Frane mashinadan tushib bir necha qadam qo‘yishga ulgurgandi, mashina benzin baki portladi. Aynan shu voqeadan keyin odamlar Selakni “Omadli” deb atay boshladi.

1973 yil. Frane Selak to‘satdan boshidagi deyarli barcha sochlarsiz qoldi. Mashinasining eskirgan yonilg‘i nasosi benzinni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizigan dvigateliga sepib, puflab alangani yondirdi.

1995 yil. Yana bir avtohalokat - Zagrebdagi ko‘chalarning birida Franeni avtobus urib ketdi.

1996 yil. Tog‘ yo‘lida mashina haydab ketayotib, u tomon tezlikda kelayotgan BMT yuk mashinasini ko‘rib qoldi. Qilgan manyovri natijasida uning Skoda rusumli avtomobili yo‘l to‘sig‘iga borib urildi, to‘siqni yorib o‘tib, jar yoqasiga osilib qoldi. So‘nggi daqiqada xorvat mashinadan sakrab tushdi va qisqagina parvozdan so‘ng daraxtga yopishib, ilinib olishga muvaffaq bo‘ldi, u yerdan esa mashinasining tog‘ darasiga qulaganini kuzatdi, mashina 90 metrdan ziyod pastlikka tushib, portlab ketdi.
Frane Selak to‘rt marta muvaffaqiyatsiz uylandi. Lotereyada katta pul yutib olganidan so‘ng, u faylasuflarcha ta’kidladi: "Menimcha, mening oldingi nikohlarim ham falokat – ijtimoiy fojia bo‘lgan bo‘lsa, ajabmas". Ko‘rinishidan, uning lotereya yutug‘idan keyingi beshinchi nikohi muvaffaqiyatli bo‘lib chiqdi.
2003 yil. Nafaqaga chiqqach, u lotereya chiptasini sotib oldi va 600 000 funt-sterling (taxminan 1 million dollar) yutib oldi. Bu pullarga u o‘zidan 20 yosh kichik qallig‘i bilan beshinchi nikoh to‘yini nishonladi, qarzlarini uzdi va sayohat qila boshladi.
Ushbu voqeadan so‘ng Frane Selak butun dunyoga mashhur bo‘ldi, uni reklama roliklariga taklif qilishdi. U haqida dunyoning turli mamlakatlarida ko‘plab ko‘rsatuv va hujjatli filmlar va hatto AQShda multfilm suratga olingan.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.