Dunyodagi eng sovuq shahar qayerda joylashgan?

Sayyoramizda shunday sovuq joylar borki, ularning aholisi hatto ichimlik suvi olish uchun muzni eritishga majbur bo‘ladi. Shunga qaramasdan ular, albatta, ko‘chaga chiqish oldidan muzlab qolmaslik uchun qanday kiyinish va xavfsiz harakat qilishni aniq biladi. Bugun yer yuzidagi eng sovuq shaharlar to‘g‘risida so‘z yuritamiz.

Oymyakon, Rossiya

Самые холодные города планеты

Yoqutistonning besh yuz ming kishi yashaydigan bu qishlog‘idagi yanvar oyining o‘rtacha harorati 50 daraja sovuqni tashkil qiladi. 1933 yilda bu yerda 67 daraja (!) sovuq bo‘lgan edi.
Shuni ham aytish kerakki, o‘ta sovuq iqlimli bu qishloq Shimoliy qutb doirasidan janubda joylashgan. Shu sababli bu yerdagi eng qisqa kun (22 dekabr) tongdan kechgacha bor-yo‘g‘i 4,5 soat, eng uzun (22 iyun) kun esa 20,5 soat davom etadi.

Snedj, Kanada

Самые холодные города планеты

Shimoliy Amerikaning kontinental qismidagi eng sovuq joy Kanadaning Yukon shtatida, Alyaskaga olib boruvchi avtomagistral yaqinida joylashgan. Qishloqning o‘zi Uayt-river kosasimon daryo vodiysida joylashgan bo‘lib, oltin talvasasi paytida paydo bo‘lgan. Keyinchalik bu yerda mo‘yna savdogarlari va mahalliy aholi vakillari yashagan. Yanvar oyida u yerda termometr -60 darajagacha sovuqni ko‘rsatishi mumkin, avgustda esa simob ustuni +5 darajadan yuqoriga ko‘tarilmaydi.
Bu yerdagi eng past harorat 1947 yilning fevral oyida qayd etilib, o‘shanda 63 daraja sovuq bo‘lgan. Shahar aholisi azaldan kuchli shamol hamrohligidagi bunday qahraton sovuqlarga o‘rganib qolgan.

Utkiagvik, AQSh

Самые холодные города планеты

Amerika Qo‘shma Shtatlarining eng shimoliy shahri Alyaskada qutb doirasining shimolida joylashgan. Bu yerda quyosh oxirgi marta noyabr oyining ikkinchi yarmida botadi va ikki oydan ortiq vaqt davomida ufqdan ko‘rinmaydi.
Mahalliy aholi uchun deraza tashqarisidagi nol (0 °C )dan biroz yuqori bo‘lgan harorat – yozgi sayrga chiqish uchun sabab bo‘la oladi. Utkiagvikda yiliga atigi 2-3 oy sovuq bo‘lmaydi va iyul oyidagi yoqqan qor hech kimni ajablantirmaydi. Doimiy esib turadigan shamollar vaziyatni yanada chuqurlashtirishi sababli, sovuqlarni yengib o‘tish juda qiyin kechadi. Mahalliy eskimoslar uchun yilning noyabrdan aprelgacha bo‘lgan davrdagi 25 daraja sovuq havo oddiy hodisa va bu oylarda termometr ba’zan -50 daraja sovuqni ko‘rsatadi.

Ulan-Bator, Mongoliya

Самые холодные города планеты

Mongoliya poytaxti Arktika doirasi yaqinida joylashmagan bo‘lsa-da, o‘zining o‘ta qattiq iqlimiga ega va haqli ravishda sayyoradagi eng sovuq poytaxt hisoblanadi.
Sibir antitsiklonlari, har qaysi sohilgacha yuzlab kilometr bo‘lgan masofa, kontinental va subarktik chegaradagi qurg‘oqchil iqlim – natijada juda issiq, lekin juda qisqa yoz va juda uzoq sovuq, qish. Odatda tong otgunga qadar tashqarida deyarli 40 daraja sovuq bo‘ladi va shamolning umuman yo‘qligi, atrofdagi mavjud muzliklar, abadiy ayoz tuproqlarning muzdan tushishiga imkon bermaydi.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.