Dunyodagi eng xavfli yo‘llar

Dunyoda Afrikadan tortib Avstraliyagacha bo‘lgan ko‘plab xavfli yo‘llar mavjud. Ushbu maqolada sayohat havaskorlari va mutaxassislarining ogohlantiruvchi ro‘yxatlarida tez-tez uchrab turadigan yo‘llar haqida so‘z yuritiladi.

Agar siz ekstremal yoki o‘tkir sarguzashtlar ishqibozi bo‘lmasangiz, bu magistral yo‘llarni aylanib o‘tish tavsiya qilinadi.

Guolyan tunneli, Tayhan tog‘lari – Xitoy

1972 yilda chekka tog‘li qishloq aholisi yo‘l qurilish tarixidagi eng mo‘’jizaviy yutuqlaridan birini amalga oshirdi: ular tashqi dunyoga chiqishni yengillashtirish maqsadida tog‘ tagidan uch milya uzunligida tunnel yo‘lini o‘tkazib chiqishdi. Bu yerdagi “yengillashtirish” degani haqiqatan ham yo‘lovchilarning uzog‘ini yaqin qilib, tog‘ning toshli yo‘li bo‘ylab yurishidan ko‘ra tunneldan o‘tishi osonroq bo‘lishini ko‘zda tutib qilingan.

Nomi “xatoni kechirmaydigan yo‘l” deb tarjima qilinadigan yangi yo‘lak kishi terisini junjiktiradi. Tunnel shiftining balandligi 4,5 metr, yo‘lning kengligi esa bor-yo‘g‘i 3,5 metrni tashkil qiladi. Quruvchilar tunnel devorlariga davriy teshiklarni o‘yib qo‘yishmaganida, odamni klaustrofobiya holatiga tushirib qo‘yishi mumkin bo‘lgan dahshatli qorong‘ulik hosil bo‘lgan bo‘lardi. Mashinangiz g‘ildiraklaridan bir qadam narida mashaqqatli mehnat ortidan qurilgan tunnel asablaringizni qitiqlash uchun yetarli darajada chuqur tubsizlikni ochadi.

Magadan-Yakutsk M-56 federal magistrali, Kolima - Rossiya

Uzunligi 1937 kilometr bo‘lgan ushbu yo‘nalish Rossiyada “Suyaklar yo‘li” nomi bilan mashhur. U o‘tgan asrning 30-yillari va 1950-yillarning boshlarida Stalin diktaturasi davridagi minglab asirga tushganlar tomonidan qurilgan. Ularning bu yerdagi sovuq, ochlik va og‘ir mehnatdan halok bo‘lganlari esa yo‘l bo‘ylab dafn etilgan.

Yo‘l qoplamasi hech qachon ishonchli bo‘lmagan va so‘nggi yillarda u yanayam yomonlashgan. Kolima federal avtomagistrali Yerdagi eng sovuq aholi istiqomat qiladigan joylardan bir hisoblanadi, u yerda qishda harorat 56 darajagacha tushadi. Biroq bu yerdan qish paytida yer muzlagan paytda, yozdagi loy botqoqligidan ko‘ra o‘tish ancha osonroq. Eng yomoni, o‘tishga qaror qilgan yoki o‘tmoqchi bo‘lganlarga har xil hujumlar uyushtirilgani bois bu yerdan o‘ta ehtiyotkorlik bilan harakatalanish tavsiya etiladi.

Aljir-Lagosdagi "Trans-Saxara" magistrali – Nigeriya

Butun Afrika bo‘ylab juda zarur iqtisodiy rivojlanishni ta’minlovchi avtomobil yo‘llari tarmog‘ini qurish fantastik g‘oyaga o‘xshaydi. Masalan, Yevropadan paromda O‘rta yer dengizini kesib o‘tib, keyin Jazoirdan Lagosga yetib borish juda qulay bo‘lardi. Ehtimol, "Trans-Saxara" avtomagistrali qurib bitilgach, keyinchalik bu mumkin bo‘lar.

Biroq hozirda 4506 kilometr uzunlikdagi ushbu yo‘lda sayohat qilish qiyinligicha qolmoqda. Kunduzgi havo harorati osmon qadar baland, yo‘nalishning ko‘p qismida oddiygina yoqilg‘i va suv yo‘q. Yana bir muammo – yo‘lning yangi asfaltlangan qismlari ko‘pincha ulkan qum tepalariklaridan tushgan qumlar ostida ko‘rinmay qoladi.

Bagiodan Bontokkacha bo‘lgan Halsem avtomagistarali – Filippin

Sayyoradagi yo‘lning eng manzarali xavfli qismlaridan biri 1930 yillarda kelib chiqishi Ogayo shtatidan bo‘lgan qurilish muhandisi Euseyb Yulius Halsem ismli kishi tomonidan qurilgan. Uning o‘zi ham 1890 yillarda ko‘p o‘tmay Filippinga ko‘chib o‘tgan. Keyinchalik Halsem bir necha ming aholi yashaydigan chekka qishloq hisoblangan Bagiyo shahrining meri va bosh muhandisi bo‘ldi.

Tog‘li provinsiyaning poytaxti Bantokda olib boriladigan yo‘l qurilishi Bagiyo shahrining iqtisodiy o‘sishini oshirishiga umid bog‘ladi. Uzunligi 149,6 kilometr bo‘lgan avtomobil yo‘li tog‘ tizmasi yonbag‘irlari bo‘ylab vulqon jinslari hosil bo‘lgan hududdan o‘tadi. Ushbu tuzilmalar 1990 yilda 7,8 magnitudali zilzila natijasida vayron bo‘lgan va keyinchalik tayfunlar keltirib chiqaradigan eroziya tufayli yanada beqarorlashgan. Natijada avtoyo‘lovchilarga nafaqat doimiy ravishda tosh qulashi tahdidi, balki yo‘l chetidagi jarliklar ham tahdid solmoqda. Bu joyda yo‘l ko‘tarmasining bir qismi to‘satdan mashinangiz ostida yo‘qolishi mumkin, ba’zi hududlarni  zich tuman qoplaydi, bu esa ko‘rishni qiyinlashtiradi.

Agar siz ushbu yo‘nalishda birinchi marta yuk mashinasi yoki avtobusda sayohat qilayotan bo‘lsangiz, yuragingiz his-tuyg‘ular va adrenalin oqimiga dosh bera olmasligi mumkin.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.