Dunyodagi g‘alati haykallar yoki g‘alati “san’at asar”lari
Yunon shoiri Simonid Keosskiy (miloddan avvalgi 556-469 yy.) “Rassomlik bu tovushsiz musiqa, she’riyat esa so‘zlovchi suratdir”, nemis shoiri Volfgang Gyote esa “arxitektura bu qotirib qo‘yilgan musiqa” degan ekan. Afsuski, quyida keltirilgan haykallar mualliflari bu daholarning san’at haqidagi bu gaplarini eshitmaganga o‘xshaydi.
Boshqalardan farq qilib turadigan kulgili va g‘alati haykallar yaratish XX asrning oxirida rusumga kirdi. Turli mamlakatlarda nafaqat barcha uchun tanish bo‘lgan klassik yo‘nalishdagi haykallar, balki odatiy qonun-qoidalar chegarasiga mos kelmaydigan yodgorliklar paydo bo‘la boshladi.
Suvga sakrayotgan bolalar
Ushbu yodgorlik Singapurda joylashgan va baxtli, beparvo bolalikni ifodalaydi. Boshqa tomondan o‘ylab qarasak, bu qirg‘oq bo‘ylab aylanib yurgan kishilarga qo‘shimcha vizual shovqinni aks ettirayotganday. Lekin Singapur rasmiylari bu haqda boshqacha fikrda...
Qora sharpa
Bu haykaltaroshlik kompozitsiyasi Litvaning Klaypeda shahrida joylashgan. Tarixiy an’ananing ramzi sifatida metallga shakl berilib 1525 yilda mahalliy aholini yaqinlashayotgan hujum hamda g‘alla va yog‘ochni zaxiralash zarurligi haqida ogohlantirgan suvdan chiqqan ruh o‘rnatilgan. Ehtimol, bu o‘rta asrlar marketingining bir misolidir.
Quduqdagi erkak
Ushbu g‘alati kompozitsiya Slovakiyaning Bratislava shahrida joylashgan. Slovaklarning o‘zlari ham bu odamga “Kuzatuvchi” deb nom berishgan. U quduqdan chiqib, o‘tkinchilarni kuzatib turibdi. Aftidan, bu haykalda boshqa hech qanday ma’no yo‘q.
Savdo markazi yonidagi cho‘chqalar
Bu jonzotlar Avstraliyaning Adelaida shahridagi savdo markazining yonginasida “yashaydi”. Adelaida aholisi o‘z uy hayvonlarini juda yaxshi ko‘radi va ularga Goratsio, Oliver, Tryufel va Avgusta degan ismlarni berishgan. Asarning ma’nosiga kelsak, u “Dam olish kuni” nomi bilan shifrlangan.
Notanish byurokrat
Ushbu haykalning rasmiy nomi “Notanish byurokrat”. Yodgorlikning mohiyati shundaki, undagi amaldorlarda yuz yo‘q. Ular yuzsiz, ovozsiz, his-tuyg‘ularsiz sharpalar sifatida tasvirlangan. Balki bu bir yoqlama fikrdir, biroq, Islandiyada amaldorlarni shunday ko‘rishadi.
Tomdagi akula
Bu kompozitsiya Angliyaning Oksford uylaridan biriga joylashtirilgan. Mantiqan to‘g‘ri kelmas, lekin tomdagi akula “Yadro halokati oldidagi ojizlik” ramzi sifatida Xirosima va Nagaksaki bombardimoniga bag‘ishlangan. Muallif ushbu asarni yaratishda nimani ko‘zda tutganligi sirligicha qolmoqda.
Politsiya va jinoyatchi
Kompozitsiya muallifi nima demoqchi bo‘lgan ekan, tushunish qiyin. Ehtimol bu o‘tkinchilarning og‘ir sumkalari uchun ilgichdir. Ilib qo‘ydi, ozgina dam oldi, so‘ng yana yo‘lida davom etdi...
Chorva mollarni haydash
Naq 70 bosh qoramol daryo kezadi. Kimdir erinmasdan bu yerda ularning hammasini “o‘tqazib” chiqqan. Muallifning fikricha bu kompozitsiya Amerika tarixidagi ramzlardan birini ifodalar ekan. Ha, nima ham derdik, bu yerda uning g‘oyasi va hafsalasiga tasanno aytishdan boshqa chora yo‘q.
B.Muhammadiyeva tayyorladi.