Dunyodagi hayratomuz sharsharalar

Ba’zi sayyohlar noyob tabiiy diqqatga sazovor joylarni topish imkoniyati uchun ham odamlar oyog‘i kam yetgan maskanlarga sayohat qilishni yaxshi ko‘radi. Bunday joylarga sharsharalarni kiritish mumkin, negaki suv oqimlarining shovqini beradigan hislarni hech narsa bilan taqqoslab bo‘lmaydi. Ular hayratlantiradi, tinchlantirib, kishiga kuch-quvvat bag‘ishlaydi va o‘zining salmog‘i bilan lol qoldiradi. Hatto oddiy, unchalik katta bo‘lmagan sharshara ham o‘ziga xos tarzda kishini maftun qiladi. Bugun sizni dunyoning eng ajoyib sharsharalari bo‘ylab sayohat qilishga chorlaymiz.

Vernal sharsharasi, Kaliforniya

Топ-5 уникальных водопадов

Granit toshlari, florasi va tiniq daryolari bilan mashhur Yosemiti bog‘i o‘zining bag‘oyat maftunkor sharsharasiga ega. Unga yaqinlashib bo‘lmaydi, lekin kuzatuv maydonchasidan siz nafaqat Vernalni, balki undan balandroqda joylashgan Nevada shtatini ham ko‘rishingiz mumkin. Tosh devorlar fonidagi o‘ziga xos tabiiy zinapoyalar o‘lchov jihati va ajoyib manzarasi bilan hatto eng tajribali sayohatchini ham hayratda qoldiradi.

Nuranang sharsharasi, Hindiston

Топ-5 уникальных водопадов

Ko‘pchilik uni Bong-Bong deb ataydi. Bu sharshara Himolay tog‘i etaklari va kichik ko‘llardan yerga tushadi va undagi suv nozik sutsimon rangga ega. Bu diqqatga sazovor tabiiy yodgorlik Bollivud yaqinida joylashgani bois u nafaqat tabiatni sevuvchilarni, balki tasodifiy sayyohlarni ham o‘ziga jalb qiladi va hech kimni befarq qoldirmaydi.

Ruakana sharsharasi, Namibiya

Топ-5 уникальных водопадов

Bu maskan sharsharaning mavjudligiga ishonch hosil qilish uchun ham hech bo‘lmasa uni bir marta borib ko‘rish kerak bo‘lgan joylardan biridir. 124 metrli sharshara Angola va Namibiyani ajratib turadi. Uning yaqin atrofida jamoatchilik va tashrif buyuruvchilar uchun har doim ochiq qadimiy Ximba qabilasi joylashgan. Suv oqimlarining kuchi doimiy tumanlik bilan birlashib, kishiga ajib sir va o‘zgacha quvvat bag‘ishlaydi.

Yangi Navaxo sharsharasi, Arizona

Топ-5 уникальных водопадов

Sharsharalarning ajoyib tizmasi sayohatchilarni orzular olamining yashovchisiga aylantiradi. Qoyalar orasida siz suzishingiz mumkin bo‘lgan ko‘l joylashgan. Yengil tumanlik va Yangi Navaxo – bu tashqi dunyo bilan aloqani uzib, tabiat bilan uyg‘unlashishning ajoyib usulidir.

Barron sharsharasi – Avstraliya

Топ-5 уникальных водопадов

Sayyohlar retro-poyezdi sizni 259 metr balandlikdagi tog‘dan tushib keladigan Barron sharsharasiga olib borishi mumkin. Go‘zal tog‘ tizmasi bilan birlashgan shiddatli, baland pog‘onali sharsharalar qalbingizga o‘chmas iz qoldiradi. U yerdan ko‘plab ko‘priklar va tunnellar orqali Avstraliya o‘rmonlariga o‘tadigan yo‘l esa yorqin xotiraga aylanadi.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.