Dunyodagi o‘rganishi qiyin bo‘lgan tillar
Boshqa tillarni o‘rganish nafaqat qiziqarli, balki juda foydalidir. So‘nggi tadqiqotlar til o‘rganish miyaning masalan, bir vazifadan boshqasiga o‘tish, rejalashtirish, fikrlash, muammolarga osonlik bilan yechim topish, axborotni filtrlash kabi murakkab “ijro etuvchi” funksiyalari uchun javob beradigan sohalarini rivojlantirishini ko‘rsatdi. Asosiysi inson o‘ziga qurbi yetadigan “raqib” tanlay olishidadir: bugungi ro‘yxatimizda faqat tajribali tilshunoslar tushunib olishi mumkin bo‘lgan dunyodagi eng qiyin tillar joy olgan.
Tagal tili
Filippin umumiy aholisining deyarli to‘rtdan biri bu avtsroneziya lahjasida so‘zlashadi. Tagal tilini o‘rganish juda qiyin va dunyodagi ko‘pchilik odamlar uchun imkonsizdir.
Norveg tili
Skandinaviya tillarining boshqa turlari bilan o‘zaro tushunarli bu shimoli-german tili Norvegiyaning milliy tili hisoblanadi.
Fors tili
Hind-yevropa tillarining hind-eron bo‘limiga mansub fors tili Afg‘oniston, Eron va Tojikistonda tarqalgan. Sosoniylar lahjasining o‘tmish avlodi fors tilida dunyo bo‘ylab 110 million kishi so‘zlashadi.
Indoneziya tili
Asrlar davomida Indoneziya tili butun Indonez arxipelagining muomala tili bo‘lib kelgan. Bu til dunyodagi eng ko‘p gapiriladigan tillardan biri hisoblanadi, negaki eng ko‘p aholi soni bo‘yicha Indoneziya dunyoda to‘rtinchi o‘rinda turadi.
Golland tili
G‘arbiy german tillari guruhiga kiradigan golland tilida Gollandiya, Belgiya va Surinamda so‘zlashishadi. Hozirda golland tili Aruba, Sint-Maarten va Kyurasao kabi davlatlarda rasmiy maqomga ega.
Afrikaan tili
Namibiya va Janubiy Afrikaning tub aholisi shu tilda gapiradi, Zimbabve va Botsvanada ham bu tilda so‘zlashadigan kichik guruhlar topiladi. Afrika lahjalari ta’sirida hosil bo‘lgan Afrikaan tili Golland turli xil shevalarining bir tarmog‘i hisoblanadi.
Koreys tili
Koreys tili Shimoliy va Janubiy Koreyaning rasmiy tili bo‘lib, bu tilda dunyo bo‘ylab 80 milliondan ortiq kishi so‘zlashadi. Bu til mantiqi Yevropa ravishlari mantiqidan mumkin qadar farq qilishi bois G‘arblik kishi uchun koreys tilini o‘rganish deyarli imkonsiz vazifa hisoblanadi.
Yapon tili
Bu til dunyodagi eng qiyin tillardan biri hisoblanadi. Madaniyati G‘arb sivilizatsiyalari ta’siridan tashqari rivojlanganYaponiya uzoq vaqtlar davomida yakkalangan mamlakat bo‘lib kelgan. Yapon tilining xitoy tili bilan chambarchas bog‘liqligi va qo‘shimcha qoidalar bilan yuklangani esabu tilni faqat ona tilida so‘zlashuvchilar yaxshi tushuna olishini taqozo etadi.
B.Muhammadiyeva tayyorladi.