Dunyodagi tashqi qarzi eng katta davlatlar haqida bilasizmi? O‘zbekistonning tashqi qarzi qancha?

1. Yevropa Ittifoqi 29 trillion 270 mlrd.
2. AQSh 17 trillion 910 mlrd.
3. Buyuk Britaniya 8 trillion 126 mlrd.
4. Fransiya 5 trillion 360 mlrd.
5. Germaniya 5 trillion 326 mlrd.
6. Niderlandiya 4 trillion 063 mlrd.
7. Lyuksemburg 3 trillion 781 mlrd.
8. Yaponiya 3 trillion 240 mlrd.
9. Irlandiya 2 trillion 470 mlrd.
10. Italiya 2 trillion 444 mlrd.

O‘zbekistonning tashqi qarzi 17,3 milliard dollarni tashkil etadi.

O‘zbekiston tashqi qarzining umumiy hajmi 2018 yil boshidan 9,5 foizga yoki 1,5 mlrd dollardan oshgan holda 2019 yil 1 yanvar holatiga 17,3 mlrd dollarni tashkil qildi. Bu haqda Markaziy bank hisobotida so‘z boradi.

O‘zbekistonning tashqi qarzida xususiy sektor tashqi qarz salmog‘i 7,2 mlrd dollar yoki 42 foizni, davlat tashqi qarzi esa 10 mlrd dollar yoki 58 foizni tashkil etmoqda. Xususiy sektor tashqi qarzi bosh kompaniyalar tomonidan taqdim qilingan qarzdorliklarni hisobga olgan holda, O‘zbekiston hukumati kafolatisiz olingan tashqi qarzdorliklarni o‘z ichiga oladi. Xususiy sektorning tashqi qarzi bo‘yicha ma’lumotlar tijorat banklari tomonidan taqdim qilinadi.

Xususiy tashqi qarzda neft-gaz va energetika sektori katta ulushga ega — 5,3 mlrd dollar yoki 75 foiz. Undan keyingi o‘rinda bank sektori bormoqda — 978,2 mln dollar yoki 15 foiz.

2018 yilda davlat sektorida qarzdorlik 2,5 mlrd dollarga o‘sgan bo‘lsa, xususiy sektorda 977,3 mln dollarga kamaygan. Bunda davlat tashqi qarzi yangi qarzdorliklar hisobiga o‘sishda davom etgan.