Dunyodagi turli davlatlar Konstitutsiyalari haqida qiziqarli ma’lumotlar

BaigeNews.kz tahririyati dunyoning turli davlatlarining asosiy qonuni haqidagi qiziqarli faktlar to‘plamini tayyorladi.

🔹 San-Marino davlatining Konstitutsiyasi haqli ravishda eng qadimgi hisoblanadi. Hujjat 1600 yilda lotin tilida tasdiqlangan, faqat 1974 yilga kelib unga inson huquqlari deklaratsiyasi qo‘shilgan.

🔹 Amerikaliklarning asosiy qonuni atigi 4400 so‘zdan iborat bo‘lib, qisqaligi bo‘yicha rekordchi hisoblanadi.

🔹 Hajmi bo‘yicha esa eng yirik Konstitutsiya Hindiston davlatining asosiy qonunidir. Unda 395 ta modda, 12 ta ilova va 500 dan ortiq o‘zgartirishlar bor. Qolaversa, u shunday murakkab tilda yozilganki, ba’zan hatto mamlakat aholisi ham uni tushunishda qiynaladi.

🔹 Ekvador Konstitutsiyasi nafaqat odamlarning, balki mamlakat tabiatining ham huquqlarini ifodalaydi. Shu sababli bu davlatning asosiy qonuni “eng yashil” deb ham ataladi. Aytgancha, bu o‘rmonlar kesilishini cheklash va qurilishlarni to‘xtatish uchun muntazam ravishda sudlarda da’vo qiladigan ekologlarning foydasiga ishlaydi.

🔹 Konstitutsiyasiga ko‘ra eng tinchsevar mamlakat Yaponiya hisoblanadi. Ikkinchi jahon urushidagi mag‘lubiyati va AQSh tomonidan bosib olinganidan so‘ng Yaponiya davlati 1947 yildan buyon hech qachon harbiy kuchlar, urushlar yaratmaslik va xalqaro nizolarda kuch ishlatmaslik majburiyatini oladi. Armiya esa faqat o‘z-o‘zini himoya qilish uchun mavjud.

🔹 Xuddi shunday patsifistik intilishlar maltaliklarda ham bor. Malta o‘zini “tinchlikka intiladigan eng neytral davlat” deb e’lon qiladi va har qanday harbiy ittifoqlarga kirishdan bosh tortib, qo‘shilmaslik siyosatiga amal qiladi.

🔹 Misrning asosiy qonunida matbuotga bag‘ishlashgan butun bo‘lim mavjud. Konstitutsiya ommaviy axborot vositalari erkinligini kafolatlaydi va gazetalarni musodara qilish yoki yopilishini taqiqlaydi. Hujjatda matbuot to‘rtinchi “xalq mustaqil hokimiyati” sifatida belgilangan.

🔹 Yamayka davlati Konstitutsiyasi 1962 yil 6 avgust (Mustaqillik kuni)dan so‘ng orolda tug‘ilgan har bir kishiga fuqarolikni berishga ruxsat beradi. Hatto bu davlatda ro‘yxatdan o‘tgan kemada yoki samolyotda tug‘ilgan yangi chaqaloqlarga ham Yamayka pasporti beriladi. Chet elda tug‘ilgan yamaykaliklarning farzandlari ham ota-onalari fuqaroligi bo‘lgan mamlakatning fuqarolari hisoblanadi.

🔹 Diniy postulat (isbotsiz ham qabul qilinaveradigan dastlabki qoida)lar Konstitutsiyadan muhimroq bo‘lgan davlatlar ham bor. Bular Eron, Iroq, Saudiya Arabistoni va Pokiston davlatlari. Liviyada asosiy qonun vazifasini Qur’oni Karim bajaradi. Saudiyaliklar Konstitutsiyaga emas, Qur’onga qasamyod qiladi va shariat qonunlari asosida yashaydilar.

🔹 O‘zbekiston Respublikasi sobiq sotsialistik davlatlar mustaqillikka erishganidan keyin birinchi bo‘lib o‘z Konstitutsiyasini qabul qildi.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.