Dunyomizning g‘alatilik va nisbiyligi to‘g‘risida

Dunyo kutilmagan hodisalarga to‘la qutidir. Biz ular haqida hech qanday tasavvurga ega bo‘lmay turib, mo‘’jizalar va kutilmagan hodisalar qurshovida yashaymiz.

Nima deb o‘ylaysiz, bayroqlar chizmasi loyihasini kimga ishonishadi? Ehtimol, tajribali, obro‘li kishilargadir?

Aslida shunday, faqat Alyaskada emas. 1926 yilda Alyaska bayrog‘i Benni Benson ismli o‘n uch yoshli bola tomonidan yaratilgan. Moviy fonda u yettitasi “Katta ayiq” yulduzlar turkumini, kattalik jihatidagi yana biri esa Shimoliy Yulduzni anglatadigan sakkizta yulduz rasmini chizdi. Bo‘ldi, bayroq tayyor, undan foydalanish mumkin.

Флаг Аляски. Просто образец детского творчества. Изображение: i0.wp.com

Har bir davlatning o‘z telefon kodlari bor. Lekin muz bo‘lagi yoki okean xandagiga raqam berish kimning xayoliga kelgan ekan? Antarktidadagi pingvinlarga qo‘ng‘iroq qilmoqchimisiz? Unda 682 raqamini terishni unutmang. Bundan tashqari, Antarktidaning ham internetda ".aq" nomli o‘z domen zonasi bor.

Берег Антарктиды. Позвоним пингвинам?)) Изображение: balticplus.ru

Qish to‘g‘risida nimalarni bilamiz? Havo sovuq bo‘lib qor yog‘adi, daryolar muz ostida yashirinadi. Ha, agar siz shimolda yashasangiz. Janubiy mamlakatlarda yomg‘ir va qor yillar davomida yog‘masligi esa sir emas. Tarixda Nil daryosi ikki marta muzlaganini eshitganmisiz? Bu birinchi marta milodiy IX asrda, keyingisi esa XI asrda sodir bo‘lgan.

Река Нил. Пальмы и льдины - интересное сочетание) Изображение: littletravel.ru

Monako milliy orkestridagi musiqachilar ushbu mamlakat armiyasidagi askarlar soniga qaraganda ko‘proq, Italiyada Kanadadagi odamlardan ko‘ra Barbi qo‘g‘irchoqlari ko‘p. Kanada esa oxirgi ko‘p yillar davomida yashash uchun eng yaxshi mamlakat deb tan olingan.

Синий лобстер. Изображение: fishki.net

Aytgancha, “ko‘k qon” iborasi metafora emas, lobsterlarning qoni shu rangda, chigirtkalar qoni esa oq rangga ega.

Yana bir eslatma. Mutlaqo daxlsiz va qo‘rqmas odamlar yo‘q ekan. Napoleon juda ko‘p janglarda qatnashgan va hech qachon jang ortida o‘tirmaslikni afzal ko‘rgan. Shubhasiz, u deyarli har doim jasur bo‘lgan. Lekin buyuk fransuz qo‘mondoni mushuklardan o‘lgudek qo‘rqqan.

Demak, hamma narsa juda nisbiy.

Ha, dunyomiz ana shunday qiziqarli narsalarga boy.

Bahora tayyorladi.