Dunyoning eng kuchli armiyalari – 2019
Qudratli va jangovor holatga shay armiya – mamlakatni halqaro maydondagi mustahkam o‘rnini ta’minlaydi. Suriya va Ukrainada bo‘lib o‘tgan barchaga ma’lum voqealardan keyin ko‘plab mamlakatlar o‘z e’tiborlarini harbiy kuchlarni yanada rivojlantirishga jiddiy qarata boshladi.
Global Firepower maxsus sayti 2019 yilda dunyoning eng kuchli harbiy kuchlari reytingi ro‘yxatini e’lon qildi. Ro‘yxatdan 137 davlat joy egallagan, kuchlarni aniqlashda 55 ortiq omillar hisobga olingan.
Bundan tashqari, atom bombasi mavjud holatlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuch hisoblanmagan (faqat bilvosita qo‘shimcha ball taqdim etilgan).
Yurtimiz O‘zbekiston Respublikasi mazkur ro‘yxatda Qozog‘iston, Iroq, Ozarbayjon, Daniya, Suriya, Bolgariya kabi davlatlarni ortda qoldirib, 48-o‘rinni band etgan.
- Germaniya
Dunyoning kuchli armiyasi reytingini 178 ming jangovor askari bilan Germaniya qurolli kuchlari band etmoqda. Shu bilan birga mamlakatning mudofaa byudjeti 49.1 mlrd. AQSh dollarini tashkil qiladi, bu millionlik armiyaga ega Rossiya mudofaa byudjetidan ko‘p demakdir.
Biroq harbiy texnikaning ahvoli Mudofaa Vazirligini xavotirga solmoqda. Germaniya armiyasiga yetkazib berilayotgan yangi samolyotlar, zirhli avtomobillar va boshqa texnikalarning uchdan bir qismini soz holatda deb hisoblash mumkin. Bu haqida Stuttgarter Nachrichten nashri Germaniya Mudofaa Vazirligining maxsus kotibi Peter Tauber ma’lumotiga tayanib xabar berdi.
- Turkiya
355.000 amaldagi harbiy xizmatchiga ega va 8.6 AQSh dollar mudofaa byudjeti bilan Turkiya haqli ravishda dunyoning eng kuchli armiyaga ega davlatlaridan biri hisoblanadi. U NATOda AQShdan keyin ikkinchi o‘rinda eng kuchli armiya hisoblanadi.
Qiziqarli fakt: tinchlik vaqtida Turkiya harbiy xizmatidan rasman ozod bo‘lish imkoni mavjud. Mazkur xizmat 18 ming lira turadi va davlat byudjetiga har yili 25 dan 30 million AQSh dollarigacha daromad keltiradi. Ushbu mablag‘ armiyaning turli ehtiyojlariga sarflanadi, masalan, halok bo‘lgan askarlarning oila a’zolariga.
- Buyuk Britaniya
Bu yil Angliyaning harbiy xarajatlari, 2018 yilgi 50 milliard AQSh dollariga nisbatan 47.5 milliard AQSh dollarigacha qisqardi. Britaniya harbiy kuchlari tarkibida 150 ming harbiy xizmatchi mavjud, bu holat ushbu ro‘yxatni eng kam sonini tashkil etadi.
Buyuk Britaniya 2019 yil eng kuchli harbiy kuchlar 10 taligidan joy olganiga qaramasdan uning harbiy salohiyati 20 yilga ortda qolmoqda. Nafaqadagi general Richard Berrons shunday fikrda. Bu haqda The Telegraph nashri shunday xabar bergan.
- Janubiy Koreya
Seul va Vashington harbiy jihatdan yaqindan hamkorlik olib borishadi. Mart oyining boshida ular keng ko‘lamli “Tonmen” deb nomlangan harbiy mashqlar o‘tkazishdi, may oyida esa mamlakat tarixida ilk marotaba Janubiy Koreya Taegeuk Qurolli Kuchlari va Ulchi Freedom Guardian AQSh harbiy mashg‘ulotining bir qismi ishtirokida harbiy va fuqarolar ishtirokida mashqlar o‘tkazildi.
Janubiy Koreya harbiy xizmatida 625.000 nafar harbiy xizmat qiladi, mudofaa byudjeti esa 38.3 mlrd. AQSh dollarini tashkil qiladi.
- Yaponiya
Rasman Yaponiya Qurolli Kuchlari “mudofaa kuchlari” deb ataladi, u dengiz, yer va havo kuchlarini o‘z ichiga oladi.
Hujum qilmaslik doktrinasiga qaramasdan, Yaponiya Xitoy va Shimoliy Koreyani asosiy xavf deb hisoblaydi va harbiy imkoniyatlarini doimiy ravishda modernizatsiyalashtiradi. Yapon mudofaa kuchlarida 247 ming harbiy xizmatchi xizmat qiladi, mamlakatning mudofaa byudjeti esa 47 mlrd AQSh dollarini tashkil qiladi.
- Fransiya
Fransiya hukumati dasturi 2019-2025 yillarda harbiy ehtiyojlarga ko‘zga ko‘rinar harajatlarni nazarda tutgan. Ular deyarli 300 milliard yevroga yaqinlashadi.
2019 yilda beshinchi respublika mudofaa xarajatlarini 40.5 mlrd. dollargacha ko‘paytirdi, 2018 yilga nisbatan 5 foiz ko‘p. Mablag‘ning asosiy qismi kiberhimoyalanish sohasiga qaratiladi.
Hozirgi kunda Fransiya armiyasining amaldagi harbiy xizmatchilari soni 205.000 harbiyni tashkil qiladi.
- Hindiston
Xalqaro strategik kuzatuv institutining (IISS) ma’lumotlariga ko‘ra, Hindiston 2018 yilda 1.36 million harbiydan, (zaxiradagi askarlarni hisobga olmaganda) tashkil topgan, armiya ehtiyojlariga 58 milliard dollar, yoki YaIMning 2.1% foiz sarflagan.
Global Firepower ma’lumotiga ko‘ra, 2019 yilda Hindiston mudofaaga ozgina kamroq xarajat qilgan va bu 55 milliard dollarni tashkil qiladi.
- Xitoy
Eng kuchli harbiy kuchlar uchligi yetakchilari yillar o‘tgan sari o‘zgarmasdan qolmoqda. Bular Xitoy, Rossiya va AQSh. Shu bilan birga eng ko‘p amaldagi harbiy xizmatchilar Xitoyda – 2.18 million harbiy, Global Firepower bergan ma’lumotga ko‘ra, mudofaa byudjeti esa 224 mlrd. dollarni tashkil qiladi.
Boshqa OAVning ma’lumotiga ko‘ra, 2019 yilda Xitoy o‘zining harbiy byudjetini 178 mlrd. dollarga ko‘tarishni rejalashtirgan, bu o‘tgan yilgiga nisbatan 8.9 % ko‘p demakdir. Iqtisodiy o‘sishni pasayishiga qaramasdan Xitoy hukumati harbiy ehtiyojlarni tejashni xohlamayapti.
- Rossiya
Eng kuchlilar ichida ikkinchi o‘rinda mustahkam joylashgan Rossiyada 1 million harbiy xizmatchi mavjud, mudofaa byudjeti esa 44 mlrd. dollarni tashkil qiladi. Shu bilan birga harbiy xizmat ulushi butun mamlakat byudjetidan 2019 yilda 17 % tashkil qiladi, 2018 yilda u 17.3 % tashkil qilgan, 2017 yilda bo‘lsa – 19.3 %.
Reytingning birinchi o‘rnini egallagan AQShda teskari holat kuzatilmoqda, u yerda Mudofaa Vazirligi ulushi joriy yilda 14.9% tashkil qiladi, 2018 yilda bo‘lsa 14.7% tashkil qilgan.
- AQSh
AQSh 2019 yilda harbiy salohiyati eng yuqori mamlakat deb tan olindi. Ushbu davlat 1.28 mln. amaldagi harbiy xizmatchiga, 13.398 samolyot, 6200 dan ortiq tank va 716 mlrd. dollar mudofaa byudjetiga ega.
Joriy yilning mart oyida Donald Tramp Kongressga milliy mudofaa xarajatlarini 2020 yilda 750 mlrd. dollargacha ko‘tarish talabi bilan murojat qildi. Mablag‘ning katta qismi Pentagon xarajatlariga ishlatiladi, qolgan qismi – chet eldagi operatsiyalarga sarflanadi.
2019 yilda dunyoning eng kuchsiz armiyasi Butan armiyasi deb topildi. U yerda bor yug‘i 7 mingta odam mavjud, mudofaa byudjeti bo‘lsa 10 million dollardan oshmaydi.
Bekzod Musurmonov tarjimasi.