Dunyoning nufuzli mehmonxona brendlaridan foydalanib, respublikamiz hududida faoliyat boshlagan tadbirkorlar uchun imtiyozlar bor

Bu imtiyoz O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 27 iyuldagi PQ-238-sonli qarorida belgilangan.

Unga ko‘ra, 2026 yil 31 dekabrga qadar dunyoning taniqli va nufuzli mehmonxona brendlaridan (mehmonxona brendlarining top-50 va mehmonxona tarmoqlarining top-5 reytingiga kirgan) foydalanuvchi O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan tashkilotlarning royalti xarajatlari franchayzing to‘g‘risidagi shartnoma kuchga kirgan vaqtdan boshlab uch yil mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan quyidagi miqdorda qisman moliyalashtiriladi:

3 yulduzli toifaga ega mehmonxona uchun — mehmonxonaning har bitta xonasi uchun yillik 200 AQSh dollari ekvivalentida;

4 yulduzli toifaga ega mehmonxona uchun — mehmonxonaning har bitta xonasi uchun yillik 400 AQSh dollari ekvivalentida;

5 yulduzli toifaga ega mehmonxona uchun — mehmonxonaning har bitta xonasi uchun yillik 600 AQSh dollari ekvivalentida.