Egizak qiyofasida “qaytgan” opa-singillar reinkarnatsiyasi

Olimlar XX asrda yuz bergan reinkarnatsiya holatini hali ham rad eta olmaydilar. Vafot etgan qizlarning alohida belgilari ular qayta tug‘ilgach singillariga to‘liq mos tushdi. Bu tadqiqotchilarni ruhlarning transmigratsiyasi to‘g‘risida jiddiy o‘ylashga chorlaydigan g‘alati holatlarning hammasi emas.

Pollok oilasi fojiasi

Трагедия в семье Поллок

Xeksem va Florensiya Jon-Pollok oilasida Joanna va Jaklin  ismli qizlari bo‘lardi. Ular o‘rtasidagi yosh farqi 5 yil edi. Oilada aslida reinkarnatsiya mavjudligiga qat’iy ishonishgan, ayniqsa qizlarning otasi buni isbotlash imkoniyatini berishni Xudodan duo qilib so‘rab yurardi.

Kunlarning birida Jaklin bochkaga tushib ketib, peshonasi yaralanadi, keyinchalik bu yara chandiqqa aylanadi. Joannaning badani, ya’ni qorni ustida ko‘rinib turadigan nor bo‘lardi va u ota-onasiga hech qachon katta bo‘lmasligini aytardi, lekin ota-ona uning so‘zlariga e’tibor bermasdi.

Tez orada baxtsizlik yuz berdi. Cherkovga borayotgan qizlarni mashina urib yubordi. Voqea natijasida bechora qizlar vafot etdi.

Reinkarnatsiya

Albatta, bu voqea ota-ona uchun katta zarba bo‘ldi. Hayot tez sur’atlar bilan oldinga harakatlanardi va ma’lum vaqtdan keyin oilada egizak qizlar tug‘ildi. Reinkaranatsiyaga qat’iy ishongan Xeksem Jon qizlari qaytganiga amin edi. Xotini esa uning fikriga qo‘shilmasdi. So‘ng aslida hamma narsa unchalik oddiy emasligi aniqlandi. Qizig‘i, bir qizining peshonasida Jaklinda bo‘lgani kabi chandiq, ikkinchisining qorni ustida xuddi Joannanikidek nor bor edi.

Жаклин, а у второй — такая же родинка на животе, как у Джоанны!

G‘alati tasodiflar shu bilan tugamadi. Qizlari 3 yoshga to‘lganida ota-ona ularga opalari o‘ynab yurgan qo‘g‘irchoqlarni berishdi. Egizaklar qaysi qo‘g‘irchoq kimga tegishli ekanligini bilganlarini ko‘rib, ular hayratga tushdi.

Keyinchalik bundan ham g‘alati holatlar sodir bo‘lib turdi. Bir kuni ona qizlari avtohalokat bo‘lgan va marhum Jaklin bochkaga tushib ketgan kunlarini muhokama qilayotganini eshitib qoldi. Bunday lahzalar har zamon bo‘lib turar, qizlar o‘zlari bilishi mumkin bo‘lmagan vafot etgan opalari bilan bog‘liq narsalarni eslardi. Masalan, ular opalari o‘qigan maktabni bir ko‘rishda tanidi.

Haqiqatan ham reinkarnatsiya bo‘lganmidi?

Ученые много спорили раньше, и сейчас обсуждение не прекращается

Jurnalistlar qizlar taqdiri bilan faol qiziqa boshladi. Bir kuni ulardan biri intervyu berib, bir vaqtlar oila garchi fojiadan so‘ng boshqa joyga ko‘chib ketgan bo‘lsa-da, ota-onasi va opalari birga yashagan uyni ikir-chikirlarigacha eslay olishini aytdi.

Bu mavzuda olimlar ilgari juda ko‘p bahslashishgan va hozir ham munozaralar davom etmoqda. Nahotki reinkarnatsiya sodir bo‘lib, vafot etgan qizlarning ruhlari yangi tug‘ilgan qizlarga ko‘chib o‘tgani rost bo‘lsa? Nima bo‘lishidan qat’iy nazar, hozirga qadar hech kim buni rad eta olmagan yoki ilmiy nuqtai nazardan qandaydir tarzda tushuntirib bera olmagan.

Bahora Muhammadiyeva tarjimasi.