Ekologiya boshqarmasi: Samarqand shahrida birgina iyul oyida 150 dan ortiq belgilanmagan joylarda chiqindi tashlash holati kuzatuv kameralari orqali qayd etilgan

Shahar hududlarida o‘rnatilgan kuzatuv kameralari orqali fuqarolarning belgilanmagan yerlarga turli xildagi chiqindilarni tashlab kelayotganligi, eng achinarlisi, ushbu fuqarolar ogohlantirishlarga qaramay shaharni qasddan ifloslantirishga urinishlari aniqlanib, ularga nisbatan jarimalar belgilab kelinmoqda.

Ayni paytda ushbu aniqlangan holatlar yuzasidan huquqbuzarlik sodir etganlarga nisbatan O‘zRMJtKning 91-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy jarima qo‘llanilib, har biriga 1 mln. 20 ming so‘m miqdorida ma’muriy jarimalar rasmiylashtirilgan.