Plastik chiqindi eng ko‘p bo‘lgan mamlakat nomi aytildi
Insoniyat atrof-muhitni ifloslantirishda davom etmoqda. Sayyoramiz ifloslanishining asosiy sabablaridan biri – plastikdir. Har yili dunyo bo‘ylab taxminan 300 million tonna plastmassa chiqindilarga aylanadi - bu Yer aholisining og‘irligiga teng. 80 million tonnaga yaqin plastik chiqindilar tegishli qoidalarsiz yoki shunchaki atrof-muhitga tashlanadi.
Hindiston plastik ifloslanish bo‘yicha dunyoda yetakchi bo‘lib, yiliga 9,3 million tonnagacha plastik chiqindi tashlaydi, bu global chiqindilarning deyarli 25 foiziga teng.
Bu haqda Nature ilmiy jurnalida chop etilgan.
Tadqiqot mualliflarining qayd etishicha, "Mutlaq ma’noda plastik chiqindi bilan ifloslanish Janubiy Osiyo, Sahroi Kabirdan janubiy Afrika va Janubi-Sharqiy Osiyoda eng yuqori".
Ikkinchi o‘rinda Nigeriya (3,5 million tonna), keyingi o‘rinlarni Indoneziya (3,4 million tonna) va Xitoy (2,8 million tonna) egallaydi.
Olimlarning ta’kidlashicha, Hindistonning rasmiy statistikasi qishloq joylari, norasmiy iqtisodiyot tomonidan qayta ishlangan chiqindi va ochiq yondirilgan chiqindi to‘g‘risidagi ma’lumotni o‘z ichiga olmaydi. Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, Hindistondagi plastik chiqindining deyarli 53 foizi utilizatsiya yoki qayta ishlash uchun yig‘ilmaydigan taxminan 255 million odamdan tashlanadi. Qolgan chiqindining katta qismi (38%) chiqindi poligonlarida yonish natijasida hosil bo‘ladi.
2060 yilga kelib, atrof-muhitni ifloslantiruvchi plastik chiqindilarning yillik hajmi 265 million tonnagacha o‘sishi mumkin.