Elektr tarmog‘ida avariya bo‘lsa...

"Kattaqo‘rg‘on shahar elektr tarmoqlari korxonasi"da bo‘lib o‘tgan seminar va o‘quv mashg‘ulotida ana shu savollarga javob berildi. "Samarqand hududiy elektr tarmoqlari" korxonasi mutaxassislari va shu sohada ishlagan mehnat faxriylari bu borada o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

– Seminarni o‘tkazishdan maqsad, avvalo, mavsumda yuzaga keladigan avariyalarni tezkorlik bilan bartaraf etish, – deydi "Kattaqo‘rg‘on shahar elektr tarmoqlari" korxonasi muhandisi Luiza Usmanova. – Qolaversa, baxtsiz hodisalarning oldini olish, shunday holat yuz berganda jabrlangan kishining hayotini saqlab qolishda xodimlarda tezkor va to‘g‘ri harakatlanish ko‘nikmasini shakllantirishdir.

Seminar so‘ngida ishtirokchilarga mavzu bo‘yicha maxsus filmlar namo­yish etildi.

A.AHMADXONOV.