Elektr tarmoqlari korxonasidan noqonuniy bo‘shatilgan xodimga 71 million so‘m ish haqi undirib berildi

Majburiy ijro byurosining Samarqand shahar bo‘limi ish yurituviga fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor Samarqand viloyat HETK AJdan undiruvchi xodim S.G. foydasiga 73 194 095 so‘m ish haqi undirish to‘g‘risidagi ijro xujjati kelib tushgan.

Mazkur ijro hujjatlari O‘zbekiston Respublikasi “Sud xujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasiga asosan ijro ishi yurituvi qo‘zg‘atilib qaror nusxasi qarzdorga ijro qilish uchun yuborilgan.

Byuroning Samarqand shahar bo‘limi davlat ijrochisi Begzod Turdiyevga ko‘ra, olib borilgan ijro tadbirlari davomida qarzdor viloyat HETK AJdan undiruvchi xodim S.G. foydasiga 73 194 095 so‘m ish haqi to‘liq undirilgan.