Elektrsiz ham yashash mumkin...mi?

Hayotimizni elektr energiyasiz tasavvur qilolmaymiz. Ammo dunyoning hamma aholisi ham elektrdan bahramand bo‘layotgani yo‘q. Xo‘sh, ular qanday kun kechiryapti?

Buyuk Britaniya mutaxassislari ana shunday elektrsiz yashayotgan aholiga yordamga otlandi. Ular qo‘l bilan aylantiriladigan kir yuvish mashinasi ixtiro qilishdi. U juda sodda. Yuviladigan kir yuvish maxsus barabanga solinadi, suv, soda quyasiz. Keyin baraban dastagini qo‘l bilan aylantirasiz…

Rivojlanayotgan mamlakatlarga insonparvarlik yordami sifatida 7500 ta ana shunday mashina jo‘natish mo‘ljallanmoqda.

Bu mamlakatlar uchun dinamo-mashinali noutbuk ham yaratildi. Uni qo‘l bilan aylantirsangiz, u 40 minut tok beradi.

Hindistonda esa loydan yasalgan sovutkich ixtiro qilindi. Elektr yo‘q joylarda u aholiga juda asqotadi. Ishlash prinsipi esa juda oddiy. Sovutkich devorlari orasi loydan. Tepasidagi idishiga suv qo‘ysangiz kifoya. Suv sovutkichning loydan yasalgan «qovurg‘a»laridan sizib o‘tib turadi va ichkarida harorat +6 daraja bo‘lishini ta’minlaydi.

Yapon muhandisi "Suzuki" va Amerikaning "Bedal" soat kompaniyasi ham kalkulyatorlar uchun suvdan foydalanishadi. Kalkulyatordagi suv ko‘mir kondensator bilan tok ishlab chiqadi. Suvga ozroq tuz ham solinadi. Sho‘r suvning elektrod bilan kimyoviy reaksiyasi soatni ikki oy ishlashiga yetadi, so‘ngra suv almashtiriladi.

Buni qarangki, yashash xonasini yerning tortish kuchi yordamida ishlaydigan generator bilan yoritish mumkin ekan. U xuddi zanjirli devor soatiga o‘xshab ketadi. Zanjir posangisi soatni ishlatganday bu yerda u generatorni ishlatadi.

Inson aql-zakovati nimalarga qodir emas, deysiz?

T.Shomurodov tayyorladi.