Endi bog‘cha tarbiyachilari ham vazir jamg‘armasidan ustama olishi mumkin

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova vazir jamg‘armasidan ustama olish tartibi yangilanganini ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, endilikda:
- vazir jamg‘armasidan ustama olish uchun sinovlarda barcha fan o‘qituvchilari ishtirok etishi;
- MTT tarbiyachilari ham sinovlarda ishtirok etib ustama olishi mumkin;
- malaka toifa test sinovlarida kamida 86 ball to‘plagan oliy va birinchi toifali pedagoglarga 70 foiz qo‘shimcha ustama berilishi belgilandi;
- Bilim va malakalarni baholash agentligi sertifikatiga ega pedagoglar majburiy attestatsiyaning 1-bosqichi bo‘yicha sinovidan ozod qilinadi.