O‘zbekistonda elektron pullar chiqarilishiga ruxsat berildi

O‘zbekistonda elektron pullar chiqarilishiga ruxsat berildi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, «Payment Aggregation Systems» MChJ tomonidan «QIWI Uzbekistan» elektron pullar tizimi faoliyatini tashkil etish va «Kapitalbank» aksiyadorlik tijorat banki tomonidan mazkur elektron pullar tizimining emitenti sifatida elektron pullarni chiqarish faoliyati bo‘yicha taqdim etilgan hujjatlar o‘rganib chiqilgan.

"O‘rganish natijasida «O‘zbekiston Respublikasi hududida elektron pullarni chiqarilishi va muomalada bo‘lishi qoidalari»ga (ro‘yxat raqami 3231, 29.04.2020 y) ko‘ra, «QIWI Uzbekistan» elektron pullar tizimi Markaziy bankning Elektron pullar tizimi reyestriga kiritilib, elektron pullarning chiqarilishi faoliyatiga ruxsat berildi", deyiladi xabarda.