Endilikda Samarqand shahar maktablarining ingliz tili fani o‘qituvchilari Xalqaro CEFR imtihonlarini imtiyozli asosda topshirishi mumkin bo‘ladi

Samarqand shahar xalq ta’limi bo‘limi hamda "Cambridge Assessment English"ning O‘zbekistondagi Imtihonlar Markazi - "Innovative Centre" bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.

Ma’lumot uchun "Cambridge Assessment English" dunyodagi eng nufuzli universitetlaridan biri  Cambrige universitetining bir qismi hisoblanadi va O‘zbekistonda qator tashkilotlar hamda ta’lim muassassalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Butun dunyo bo‘yicha har yili 5,5 million nafardan ortiq insonlar mazkur tashkilot tomonidan yaratilgan IELTS va CEFR imtihonlarini topshiradi.

"Innovative Centre" Samarqandda bevosita faoliyat yuritib, talabalarga ingliz tilidan dars beradi, o‘qituvchilarga esa ingliz tilida xalqaro standartlarga asosan dars berishda metodik yordam ko‘rsatadi.

Cambridge Assessment mazkur memorandum doirasida shahar xalq ta’limi bo‘limi Cambridge universitetda chop etilgan metodik qo‘lllanmalar bilan ta’minlanadi hamda tasarrufidagi maktab o‘qituvchilari "Cambridge Assessment English" tomonidan tashkil etiladigan vebinar, konferensiya hamda master-klasslarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Eng muhimi, xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi maktab o‘qituvchilari Xalqaro Cambridge CEFR imtihonalrini imtiyozli narxlarda topshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

CEFR imtihoni Cambridge Assessment tomonidan kompyuter hamda qog‘ozda tashkil etilgan maxsus platforma orqali 4 bosqichda topshiriladi:

  • Listening;
  • Reading and Use of English;
  • Writing;
  • Speaking.