Endilikda yuridik shaxslar ham kredit tarixini my.gov.uz dan olishi mumkin

My.gov.uz da yo‘lga qo‘yilgan xizmat tufayli endilikda nafaqat jismoniy, balki yuridik shaxslar ham kredit tarixi to‘g‘risida istalgan paytda ma’lumot olish imkoniyatiga ega.

Mazkur xizmat orqali kreditning qachon, qancha miqdorda va qayerdan olinganligi, keyin qanday qaytarilganligi va boshqa ma’lumotlarni bilish mumkin.

Foydalanuvchiga eslatma:
➖Kredit tarixini ilk marta bepul olish mumkin. Pullik tartibi esa istalgancha.
➖Kredit tarixida xatolar bo‘lsa, ularni bank orqali tuzatish mumkin.
➖Kredit tarixini nafaqat bank, balki sug‘urta kompaniyasi, notarius, sud yoki ish beruvchi fuqaro roziligi asosida tekshira oladi.
➖Kredit tarixingizni bilish uchun hoziroq my.gov.uz portalida ro‘yxatdan o‘ting.