Energetika: Nega sohani isloh qilish zaruriyati yuzaga keldi?
Buni vazirlik ma’lumotlari asosida sodda qilib ko‘rib chiqamiz.
Birinchidan, issiqlik elektr stansiyalaridagi energobloklarning aksariyati 25 yildan ortiq muddatda foydalanib kelinmoqda, ularning foydali ish koeffitsiyenti past va zamonaviy bug‘-gaz uskunalariga qaraganda 2 baravar ko‘p yoqilg‘i sarflaydi.
Ikkinchidan, mavjud elektr uzatish tarmoqlari va transformatorlar asosiy qismining quvvat o‘tkazish qobiliyati pastligi iste’molchilarga elektr energiyasini yetarli hajmda yetkazib berish imkoniyatini bermaydi.
Uchinchidan, narxlarning bozor mexanizmlari asosida shakllanmaganligi va asosiy fondlarning eskirganligi soha korxonalari moliyaviy ahvolining yomonlashuviga olib kelmoqda.
To‘rtinchidan, aholi sonining oshib borishi va iqtisodiyotning rivojlanishi natijasida yuzaga keladigan talabni ta’minlash uchun energiya resurslari ishlab chiqarishning qo‘shimcha quvvatlarini yaratish lozim.
***
Sohaga xususiy investitsiyalarni davlat-xususiy sherikchilik tamoyili asosida jalb etish energoresurslar bo‘yicha yangi quvvatlarni yaratishning birdan-bir yo‘li hisoblanadi