Eng ko‘p kichik tadbirkorlik sub’yekti Toshkent va Samarqandda

Statistika agentligi ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda 2023 yilning 1 mart holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik sub’yektlari soni (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 432 607 tani tashkil etgan.

Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik sub’yektlari soni eng ko‘p hududlar:

• Toshkent shahrida – 83 104 ta
• Samarqand viloyatida – 39 312 ta
• Toshkent viloyatida – 38 146 ta
• Farg‘ona viloyatida – 35 312 ta
• Qashqadaryo viloyatida – 32 896 ta
• Andijon viloyatida – 31 104 ta

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha kichik tadbirkorlik sub’yektlari soni:

• savdo sohasida – 155 305 ta

• sanoat sohasida – 77 068 ta

• qishloq, o‘rmon va baliqchilik
xo‘jaligi sohasida – 41 185 ta

• qurilish sohasida – 36 929 ta

• yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 29 039 ta