Eng mashhur firibgarlar: ular odamlarni qanday qilib aldagan?

Dunyoda soxta ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanib, o‘z manfaatlari yo‘lida boshqalarning bilimsizligidan foydalanish orqali boylik orttirgan mohir firibgarlar ko‘p bo‘lgan. Ularning ba’zilari arxeologiya bilan shug‘ullangan va “shov-shuvli” topilmalari bilan barchani hayratda qoldirgan, boshqalari esa yordamga muhtoj bemorlarni davolashga harakat qilib, o‘zlarini shifokor deb tanitgan.

Bugun tarixdagi eng taniqli sharlatan va lo‘ttibozlar haqida so‘z yuritamiz. Maqolamiz oxirida esa odamlarga hatto oddiy yomg‘irni sotishga muvaffaq bo‘lgan olim haqida bilib olamiz.

Sin’iti Fudzimura

Yaponiyalik Sin’iti Fudzimura 1950 yilda tug‘ilgan va bolaligida  uyining orqasida qadimgi sopol buyum topib olgach, arxeologiya bilan qiziqa boshlagan. 25 yoshida u hamkasblari bilan birga qadimiy buyumlarni izlash bo‘yicha tashkilot yaratdi. Qimmatbaho topilmalari va  tarixiy hujjatlarini o‘zi yasagan va shu tufayli “ilohiy qo‘llar” laqabini olgan.

Исторические кадры с Синъити Фудзимура

Fudzimura yozuvlariga shubha bilan qaragan va tanqidiy maqolalar bilan chiqish  qilgan ba’zi olimlar haq bo‘lib chiqdi. 2000 yilda Fudzimura va uning jamoasi 570 ming yil oldingi qadimiy buyumlar topganini e’lon qilishdi. Bu yangilik ko‘pchilikni qiziqtirdi, lekin keyinchalik Mainichi Shimbun gazetasida arxeolog tomonidan ularni tasodifan topish niyatida oldindan ko‘mib tashlangan “topilmalar” fotosuratlari e’lon qilindi. Sin’iti esa firibgarligini tan olib, o‘z obro‘yiga dog‘ tushirdi.

Xvan U Sok

Исторические кадры с Синъити Фудзимура

Ildiz hujayralarini o‘rganish bo‘yicha yetakchi mutaxassis deb hisoblangan Janubiy koreyalik veterinar Xvan U Sok 2005 yilgacha ilmiy jamoatchilikda o‘z obro‘siga ega edi. U itning klonini o‘stira olishga qodirligini e’lon qildi va bu chin haqiqat edi. Bir vaqtning o‘zida u to‘satdan odamni ham klonlay olganligi haqida gapira boshladi. Ammo 2006 yilda o‘tkazilgan tekshiruv natijalari olimning ilmiy ishlarining aksariyati soxtalashtirilganligini ko‘rsatdi.

Ilgari uni ilmiy qahramon deb bilgan Koreya hukumati uning tadqiqotlarini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatdi. Olim hali ham ilmiy muassasalarining birida ishlaydi. Endilikda u cho‘chqalarning ildiz hujayralari bilan ishlashda davom etmoqda.

Charlz Xetfild

Чарлз Хэтфилд за работой

XX asrning boshlarida AQShda qurg‘ochilik yuz berdi va odamlar yomg‘ir yog‘dirish yo‘llarini izlay boshladi. Ba’zilar osmonga quroldan o‘q uzar, boshqalari esa qushlar yordamida yomg‘ir bulutlarini chaqirish mumkinligiga amin bo‘lardi. Shunda amerikalik Charlz Xetfild balandlikda joylashtirilganda, yomg‘ir chaqira oladigan 23 ta kimyoviy birikmani ishlab chiqdi. 1904 yilda u akasi bilan birga baland minora qurib, aralashmani ishlatib ko‘rgan edi, haqiqatan ham yomg‘ir yog‘a boshladi. Shundan so‘ng aka-ukalar 500 dan ortiq buyurtmalarni bajarishdi.

Bir kuni San-Diyego hokimiyatining buyurtmasidan so‘ng chaqirilgan yomg‘ir kuchli vayronagarchiliklarga sabab bo‘ldi. Birodarlarga xizmatlari uchun to‘lov qilinmadi, hatto zararni qoplab berish talabi qo‘yildi.

Birikmasida nima borligini hech kimga aytmagan Charlz Xetfild endi tovlamachilar qatoriga qo‘shildi. U haqida “Yomg‘ir sotuvchisi” filmi suratga olingan.

Shuni ham ta’kidlash joizki, Charlz Xetfild tarixdagi eng sirli odamlardan biri hisoblanadi.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.