Eng omadsiz odamlar
Dunyoda ko‘plab muvaffaqiyatlar, shu bilan birga jiddiy baxtsizliklar ham bor. Ba’zi odamlar shunchalik omadsizki, ular har doim muammoga duch kelib yurishadi. Bugun biz tarixdagi eng omadsiz kishilarni ko‘rib chiqamiz.
Melani Martinez
Dovullar dunyodagi eng dahshatli tabiiy ofatlardan biridir. Agar siz dovullar tez-tez uchrab turadigan joyda «yashash baxtiga muyassar» bo‘lgan bo‘lsangiz, ular qanchalik halokatli bo‘lishini bilasiz. Bo‘ronlardan zarar ko‘rgan barcha odamlar ichida ehtimol Melani Martinez eng omadsizidir. Luiziana shtatidagi ayol beshta dovuldan omon qoldi: u 1965 yilda Betsi to‘fonida o‘z uyini, 1985 yilda boshqasini, 1998 yilda sodir bo‘lgan «Katrina»da va 2005 yilda «Isaak» to‘foni tufayli boshpanasiz qoldi.
Ushbu yo‘qotishlarga qaramay, Melani hali ham turli tabiiy ofatlardan aziyat chekadigan Luizianada yashaydi.
Enn Xojes
Meteroitlar tez-tez yerga tushib turadi, lekin Enn Xojes ustiga meteorit parchasi tushgan yagona odamdir. 1954 yilning 30 noyabrida Alabamalik ayol uyida divanda uxlab yotgandi, to‘satdan 4 kilogrammlik meteorit shiftni yorib o‘tib, ayolning yonboshiga tegib ketdi.
Zarba katta gematomani qoldirdi, ayolga mashhurlik berdi va uy bekasi bilan uzoq davom etgan sud jarayonlarini boshlab yubordi. Egasining ta’kidlashicha, tosh unga tegishli ekan. Bu voqealar tufayli Enning jismoniy va ruhiy holati pasayib ketdi. Oxir-oqibat, ayol eri bilan ajrashdi va atigi 52 yoshida qariyalar uyida buyrak yetishmovchiligidan vafot etdi.
Robert Todd Linkoln
Ko‘pchilik Amerikaning 16 prezidenti Avraam Linkolnning o‘g‘li juda omadli yigit bo‘ladi, deb o‘ylagan edi, lekin butunlay teskarisi bo‘ldi. Qanchalik g‘alati tuyulmasin, Linkoln butun hayoti davomida boshqa prezidentlar hayotini tugatishga daxldor mistik qobiliyatga ega edi. Birinchisi, uning otasi bo‘ldi, Robert esa Oq uydan bir necha daqiqalik yo‘lda edi. 16 yil o‘tgach, Robert prezident Jeyms Garfildni Vashingtondagi vokzalga kuzatib borish taklifini oldi va aynan shu yerda Prezident Garfild otib o‘ldirildi.
1901 yilda Prezident MakKinli Robert Linkolnni Nyu-Yorkdagi Pan-Amerika ko‘rgazmasiga taklif qildi. MakKinli Leon Cholgosh tomonidan otib tashlanganida Linkoln binoning tashqarisida edi. Qizig‘i, Linkoln fojiali voqealar o‘rtasidagi ma’lum bir bog‘liqlikdan gumonsira boshladi va o‘sha paytdan boshlab prezidentlar bilan uchrashishdan bosh tortdi.
Frenk Salak
Frenk Salakning hayotiga turlicha munosabatda bo‘lish mumkin. Balki u dunyodagi eng omadli… yoki eng omadsiz odamdir. U ko‘plab halokatlardan omon qolib, qandaydir tarzda tirik qoldi.
1962 yilda Frenk o‘zining birinchi muammosiga duch keldi. U poyezdda sovuq kanon orqali orqali ketayotgan edi, poyezd relsdan chiqib ketib, daryoga tushib ketdi. Kimdir uni xavfsiz joyga chiqarib oldi va u tirik qoldi, boshqa 17 nafar yo‘lovchi cho‘kib ketdi. Keyin 1963 yilda Frenk eshigi nosozligi tufayli samolyotdan uloqtirildi va pichanzorga tushdi. Frenk yana mo‘’jizaviy tarzda tirik qoldi. Halokatga uchragan samolyotning 19 yo‘lovchisi halok bo‘ldi. 1966 yilda Frenk mingan avtobus ham daryoga qulab tushdi, u xavfsiz joyga suzib o‘tdi. 1970 yilda uning mashinasi yonib ketdi. Biroq yonilg‘i bank portlab ketguncha qochishga muvaffaq bo‘ldi. Aniqlanishicha, uning mashinasining dvigateli nasos nosozligi tufayli qizib ketgan moy bilan to‘lib ketgan ekan. Mashina yonib ketganiga qaramay, Frenk yengil jarohatlar olib, tirik qoldi. 1996 yilda Frenk BMT yuk mashinasi bilan to‘qnashuvning oldini oldi va panjaraga urildi.
Va nihoyat, 5 nikohdan so‘ng, u lotoreyada katta miqdorda – 900 ming yevro yutib oldi. Sizningcha, Frenk omadlimi yoki aksincha omadsizmi?
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.