Eng qadimgi qal’a

Biz yashayotgan dunyo o‘tmishi haqida juda ko‘p tarixiy ma’lumotlar, taxminlar, farazlar, nazariyalar mavjud bo‘lsa-da, aslida zaminimizning inson aqlbovar qilmas jumboqlari talay.

Rossiyaning Xanti-Mansiy muxtor okrugida qadimgi aholi istiqomatgohi Amniya hududida arxeologlar qadimgi mudofaa uchun mo‘ljallangan qal’a - istehkom xarobalarini aniqladi. Uni kimlar, qachon qurgan? Bu savollarga o‘tkazilgan radiouglerod tahliliy javob berdi. Unga ko‘ra, qal’a 8 ming yoshda ekan. Ya’ni, u dunyoda Yevropada qurilgan qal’a va qo‘rg‘onlardan ancha oldin barpo etilgan mudofaa inshootidir.

Amniya qal’asini kimlar qurganini hozircha aniqlash imkoni yo‘q. Aniq bo‘lgan ma’lumot shuki, xaroba bir necha marta yong‘inni boshdan kechirgan va har safar qayta tiklangan.

 Hayot mavjud sayyoralar yo‘q deb o‘ylamang

Keyingi paytlarda quyosh tizimidan tashqarida hayot mavjud sayyoralar yo‘q, deb o‘ylovchi olimlar ham fikrlarini o‘zgartirishmoqda.

Jumladan, Britaniyaning Kardiff universiteti professori, astrofizik Jeyn Brivs Quyosh tizimidan tashqarida joylashgan sayyoralarda hayot mavjudligi ehtimoli kattaligini bayon qildi.

Astrofizikning fikricha, diqqatni “ND 76932” va “ND 201891” nomli ekzosayyoralarga qaratish lozim. Ushbu sayyoralar bizdan 70 va 110 yorug‘lik yili olisda ( 1 yorug‘lik yili bizning 100 yilga teng) joylashgan, Yerdan taxminan 8 milliard yosh kattadir.

Professor Jeyn Brivsning fikricha, ulardan biridan, ehtimol ikkovidan, bizga anchadan buyon kutilayotgan o‘zga sayyoraliklar kelishi mumkin.

To‘g‘ri, astrofizik barchani ogohlantiradi: «Agar qayerdadir mukammalroq rivojlangan hayot bo‘lsa, bu bizni mushkul ahvolga solib qo‘yishi mumkin. Ular biz bilan o‘ynashmoqchi bo‘lsa, bizni batamom yo‘q qiladi».

T.Shomurodov tayyorladi.