Yer atrofini aylanib chiqish uchun qancha vaqt kerak?

Jismoniy jihatdan sog‘lom, qiyinchiliklardan qo‘rqmaydigan va hayotining bir necha yilini sayohatga sarflashga tayyor turgan har qanday odam Yerimizni ekvator bo‘ylab aylanib o‘tishga harakat qilishi mumkin. Hisoblab chiqilgan masofa yoki ekvator doirasining uzunligi 40 ming kilometrni tashkil qiladi. Agar siz o‘rtacha soatiga 5 kilometr tezlikda yursangiz, nazariy jihatdan sayohatingiz 1000 kun, yoki 2 yilu, 9 oy davom etadi.

Amalda esa biroz murakkabroq. Angliyalik Robert Garsayd butun dunyoni yugurib o‘tgan birinchi odam bo‘ldi. U besh yilu sakkiz oy davomida 48 ming kilometr masofani bosib (yugurib) o‘tib, yo‘lda bo‘ldi. Marshrutning suv qismlarini u kemalar yoki samolyotlarda kesib o‘tdi. Britaniyalik o‘tib bo‘lmas o‘rmonlardan o‘tdi, yo‘lida duch kelgan tog‘lar va cho‘llarni zabt etib, 5 qit’a, 30 ta davlatni bosib o‘tib, 1997 yil 20 oktyabrda sayohatga chiqqan boshlang‘ich nuqtasi - Hindistonning Nyu-Dehli shahriga 2003 yilning 13 iyunida yetib keldi. Sayohati davomida yuguruvchi 50 juft krossovkani kiyib yirtdi!