Er qa’ridagi olam: Uning mavjudligi haqida dalillar bor
Amerikalik admiral Richard Berd o‘z kundaliklarida ana shunday shov-shuvli ma’lumotni yozib qoldirgan. Unda Richard Arktikada, keyin Antarktidada tuynuk ko‘rganini aytgan. U orqali sayyoramiz ichiga kirish mumkin ekan.
Keyin admiral Antarktidadagi nemis yer osti shahrini yo‘q qilish uchun yuborilgan eskadraga boshchilik qilgan. Biroq, eskadra kemalariga sirli uchar disklar suv ostidan chiqib hujum qilgan.
Tibet muqaddas kitoblarida yerosti Agarti dunyosi mavjudligi haqida juda ko‘p guvohliklarni uchratish mumkin. XX asr boshlarida unga tushish yo‘llari SSSR va Germaniya maxsus xizmatlari qidirishgan. Xo‘sh, Yerosti dunyosi xaqiqatan mavjudmi?
Dalillarga ishoniladigan bo‘lsa, ha, Yer ostida ham olam bor.
Matematik dalil
Insoniyat sayyora qa’riga qanchalik kirib borgan? Ma’lumki, Yerni 12 262 metr chuqurlikkacha kovlab borishga muvaffaq bo‘lingan, natijada eng chuqur Kola qudug‘i paydo bo‘ldi. Aniqlanishicha, bungacha Yer qa’ri mantiya tuzilishi haqidagi ma’lumotlar xato bo‘lib chiqdi.
Gap shundaki, Yer qa’rida – markazida metall Yadro mavjudligi g‘oyasiga atigi yuz yildan ko‘proq vaqt bo‘ldi. Yer qa’ri bo‘shlig‘i haqidagi nazariyaga esa bir necha ming yil.
Yer ichi bo‘shlig‘i haqida birinchi bo‘lib Edmund Galley – bu o‘sha nomdagi kometani kashf qilgan astronom –uzoq hisob-kitoblardan keyin bayon qilgan. Yer ichi bo‘shlig‘i haqidagi bu nazariyani hozirgi zamon matematikasi asoschilaridan biri Leonard Eyler XVIII asrda tasdiqlovchi maqola e’lon qilgan. Olim admiral Berddan ko‘p yillar oldin buni ta’kidlagan: Sayyora qutblarida uning qa’riga eltuvchi tuynuklar bor!
“Yer markazida metall Yadro emas, ichki Quyosh bor, u sayyora qobig‘i ichkari tomonini yoritadi, u yerda o‘z aholisi bor”, dedi olim.
Geografik dalil
Yer hajmi o‘zgarmas emas. Sayyora kengayayapti. Olimlarning ma’lumotlariga ko‘ra, Amerika Yevropadan har tomonda ikki santimetr uzoqlashyapti. Bir paytlar bitta materik bo‘lgan qit’alar shu tariqa bir-biridan uzoqlashgan. Agar xaritada Amerikani Yevropaga tutashtirsangiz bunga o‘zingiz ham ishonch hosil qilasiz, deydi olimlar.
Xo‘sh, Sayyoraning yagona materigi nega ikki qismga bo‘linib ketgan va hozir ham bir-biridan nega sekin-asta uzoqlashmoqda. Ushbu kengayish uchun materiya qayerdan olinadi?
Nemis olimi Emil Vixortning 1896 yilda ta’kidlashicha, sayyora agar mantiya qobiq metall yadrodan iborat bo‘lsa, bu savolga javob berish qiyin. Vulqonlar o‘z faoliyatida Yer yuziga 600 000 tonna chiqindi chiqarib tashlaydi. Agar Yer qa’ridan u paydo bo‘lgandan buyon chiqarib tashlayotgan gaz, bug‘, lava, magma hisoblab chiqilsa, bosim pasayib vulqon otilish to‘xtagan bo‘lardi – u esa davom etyapti. Demak, Yer qobig‘i ichida materiyani sintezlaydigan qandaydir mexanizm mavjud. U xuddi Quyoshdan kelayotgan issiqlik va radiatsiya oqimiga o‘nlab materiya hosil qiladi va sayyora hajmini kengayishiga sabab bo‘ladi.
Oy dalili
Ma’lumki, Oy sayyoramizga jiddiy ta’sir o‘tkazadi. U dunyo okeanlari suvi ko‘tarilishi va pasayishi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Yer ostida magma qaynaydi, u Oyga ham ta’sir qiladi. Ammo Yerosti mantiyasi to‘lqini bir tekisda emas, ekvatorda ko‘proq qutblarda esa deyarli so‘nadi.
Xullas, biz yashayotgan Yerning turgan-bitgani jumboq. Afsonaviy manbalarga ko‘ra Yer qa’ri olami chinakam jannat. U yerda doimiy harorat 28 darajadan oshmaydi, tabiiy ofatlar ro‘y bermaydi, quyosh radiatsiyasi yo‘q. Biroq Yer qa’rida yashovchi aholi Yer ustida yashovchi o‘z qo‘shnilarini ko‘p yoqtirmaydi, o‘z dunyolariga faqat tanlanganlardagina o‘tkazishadi...
T.Shomurodov tayyorladi.