Er sayyorasi haqida hayratlanarli faktlar
Insoniyat allaqachon o‘z sayyorasi haqida hamma narsani bilib olganga o‘xshaydi. Aslida esa bunday emas. Yer hech kim bilmaydigan ko‘plab sirlarni saqlashda davom etmoqda va insoniyat hatto kelajakda bu sirlarning hammasi haqida bilib olishi dargumon.
Bugun, hatto odamlar xayoliga ham keltirmagan ba’zi faktlar bilan tanishishni taklif qilamiz.
Dunyodagi eng baland tog‘
Gavayidagi Mauna-Kea vulqonining balandligi 4205 metrni tashkil qiladi, lekin agar unga o‘zining suv osti qismini qo‘shsangiz, bu dunyodagi eng baland tog‘ ekanligi ayon bo‘ladi Mauna-Keaning balandligi 10203 metrni tashkil qiladi. U Everestdan 1355 metr baland!
Yer va kosmos o‘rtasidagi chegara
Sayyora atmosferasi va kosmos o‘rtasidagi shartli ravishda belgilangan chegara Karman chizig‘i deb ataladi. U dyengiz sathidan 100 kilometr balandlikda joylashgan.
Yerdagi eng quruq joy
Antarktidadagi muzdan xoli eng katta - taxminan 8 ming kvadrat kilometr joyni egallaydigan hudud Mak-Myerdo quruq vodiylaridir.
Chuchuk suv yerdagi umumiy suvning atigi 3 foizini tashkil qiladi
Dunyo suv resurslarining 97 foizini sho‘r suv tashkil qiladi. Qolgan 3 foizi esa chuchuk suvdir. Sayyoradagi chuchuk suvning 70 foizi muzliklardabo‘lsa, 20 foizi Rossiyaning Baykal ko‘lida to‘plangan.
Eng qadimgi ibodatxona Turkiyada topilgan
Turkiyadagi Qorinli tepalik, shuningdek, kindik tepaligi sifatida ham tanilgan Gyobekli-Tepe(Göbekli Tepe) eng qadimgi diniy me’moriy inshoot, deb e’tirof etildi. Taxminlarga ko‘ra, bu ibodatxona miloddan avvalgi 9500 yilda, ya’ni Ziggurat (qadimgi Mesopotamiya va Elamdagi ko‘p qavatli diniy bino) dan 5000 yil oldin qurilgan.
Oy qanday paydo bo‘lgan?
Bu savolga hali ham aniq bir javob yo‘q. Eng asosli nazariya shundan iboratki, taxminan 4,5 milliard yil muqaddam Mars kattaligidagi ulkan meteorit isib turgan Yer bilan to‘qnashib ketgan. Zarba natijasida otilib chiqqan barcha narsa tortishish kuchi ta’sirida birlashib,sayyoramizning yagona sun’iy yo‘ldoshiga hayot bergan.
250 million yildan so‘ng qit’alar o‘zining asl shakliga qaytadi
Garchi aqlbovar qilmaydigan darajada bo‘lsa-da, sayyoramizning barcha qit’alari sekinlik bilanharakatlanadi. Bu olimlarning ma’lum vaqtdan keyin barcha qit’alar Pangea Ultima (So‘nggi Pangea) deb nomlangan ulkan hududda birlashadi, deb taxmin qilishiga undayapti.
Zulmatdagi Sayyora
Quyosh va elektr energiyasiga qaramay, Yerning 70 foizidan ortig‘i dengiz va okeanlardan iborat ekanligini unutmaslik kerak. Agar yorug‘lik faqatsuvdagi 200 metr chuqurlikkacha singib borishimumkinligini hisobga olsak, sayyoramizning aksariyat qismi doimo zulmatda ekanligi ayon bo‘ladi.
Tinch okeanidagi ikkita markaziy atollar bir-biriga juda yaqin, lekin ular orasidagi vaqt farqi - bir sutkadan ziyod
Samoa arxipelagi va Markaziy Polineziya Sporada(orollar guruhlarining nomi)lari bir-biridan atigi ikki ming kilometr uzoqlikda bo‘lishiga qaramay, ular orasidagi vaqt farqi 25 soatni tashkil qiladi.
B.Muhammadiyeva tayyorladi.