Er yuzidagi fizika qonunlariga zid joylar
Sayyoramizda tortishish kuchi va fizikaning barcha qonunlariga qarshi chiqadigan ko‘plab anomal zonalar mavjud. Go‘yoki, bu yerda tabiat o‘zgacha qonunlar asosida yashaydi. Bu joylarni kuzatib turganingizda faqat bitta savol tug‘iladi: bu qanday ishlaydi?
Myanmadagi osma qoya
Chayttiyo ibodatxonasi yoki Oltin tosh – bu Myanmadagi Chayttiyo tog‘ining tepasida joylashgan ko‘p tonnalik granit tosh. Bu tosh jarlik yoqasida turadi va shamolda tebranadi. U qulab tushayotganday tuyuladi, lekin 2500 yildan beri o‘z muvozanatini saqlab kelmoqda.
Toshning o‘zi hech qanday tarzda o‘rnatilmagan va u silkinadi, hatto uning ostidan arqon tortilishi mumkin. Mahalliy aholi uni yupqa zarvaraq bilan qoplab, ziyoratgohga aylantirgan.
Tog‘ etagidagi qarshi tortishish yo‘li
Armanistondagi Aragats tog‘ining etagi tortishish anomaliyasi deb ataladi. Bu yerdagi mahalliy daryo 20 daraja burchak ostida yuqoriga qarab oqadi va agar siz velosipedda toqqa qarab chiqsangiz, transportingiz nishabga aylanib ketadi.
Xo‘sh, nega shunday bo‘ladi? Albatta, bu yerda fizika qonunlarining buzilishi yo‘q. Aragats yaqinidagi yo‘l – bu sahrodagi sarobga o‘xshash keng tarqalgan ortik illyuziya. Relef xususiyatlarining tuzilishi tufayli yengil qiyalik tepalikka o‘xshaydi.
Teskari sharshara
Gavayidagi Vaypugiya, Avstraliyaning Janubiy Sidney va Buyuk Britaniyadagi Kinder sharsharalari o‘ziga xos oqimi bilan ajralib turadi. Bu yerda suv pastga emas, yuqoriga ko‘tariladi.
Yon tomondan qaraganda, yerdagi tortishish qonunlari bu yerda oddiygina o‘chirilib qo‘yilganga o‘xshaydi. Biroq, daryoga yaqinlashganingiz sari bu mo‘’jiza darhol yo‘qoladi.
Gap shundaki, hodisa shamol oqimidan kelib chiqib, u suv oqimlarini teskari yo‘nalishga haydaydi. Shamol qanchalik kuchaysa, jilg‘a ham shunchalik baland ko‘tariladi. Bu yerda shamol soniyasiga 15-20 metrgacha yetishi mumkin.
Preyzer anomal zonasi
Kaliforniyaning Santa Kruz shahri yaqinida anomal joy bor, u yerda kompas ishlamaydi, to‘plar teskari yo‘nalishda nishab yuradi, odamlar bosh aylanishi holatida bo‘lib turib, jismonan yer tortishish kuchi buzilishini his qiladilar.
Gap Jorj Preyzer kulbasi haqida ketmoqda. Ba’zi tadqiqotchilar muammo magnit maydonining buzilishda deb aytsa, boshqalari bu yerda boshqa bir sabab bor, deb hisoblashadi.
Biroq rasmiy ilm-fan bu zonada hech bir qiziq narsa topmadi. Ushbu anomaliya keng tarqalgan inson ko‘zini aldaydigan optik xayoldir. Ushbu joy haqidagi barcha mish-mishlar shunchaki “Sirli zona” deb nomlangan atrraksionning reklama kampaniyasidir.
Bu yerdagi barcha qurilmalar 18 daraja qiyalikka ega. Bu ko‘zga ko‘rinmaydi, ammo sayyohlar vestibyulyar apparati (gavda muvozanatini idora qiladigan organ)ni aldashga qodir. Ishdan chiqqan kompaslarni esa tuproqda haddan tashqari ziyod to‘plangan temir miqdori bilan izohlash mumkin.
Siz qanday anomal joylarga duch kelgansiz?
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.