Erdagi oddiy odam kirishi ruxsat etilmagan maxfiylashtirilgan joylar

Bu joylarga hatto katta pul berib ham kirib bo‘lmaydi. Yagona istisno tashrif uchun sizga maxsus ruxsatnoma olish kerak. Bugun ushbu ob’yektlar haqida qisqacha to‘xtalamiz.

Shimoliy Sentinel oroli

Shimoliy Sentinel Hind okeanining Andaman orollarida joylashgan. Sentinellar deb nomlangan qabila 50 ming yildan ko‘proq vaqt davomida unda yashab keladi. Orol aholisi tashqi dunyo va sivilizasiyadan bexabar va chaqirilmagan mehmonlarga hujum qilishadi. Bu esa odamlargaorolga tashrif buyurishni imkonsiz qoldiradi.Sentinel oroli Hindiston hukumati tomonidan himoyalangan.

51-zona

51-zona Las-Vegasdan unchalik uzoq bo‘lmagan tog‘ yaqinidagi cho‘lda joylashgan. Maydonda harbiy sinovlar va mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. U yerda sodir bo‘ladigan narsalar maxfiylashtirilgan va ommaviy foydalanish uchun mo‘ljallanmagan. 51-zona sovuq urush davridagi Amerikaning SSSRnikuzatish usullaridan biri bo‘lganligi haqidagi gaplar ham yo‘q emas.

Jahon urug‘liklari saqlanadigan ombor

2008 yilda Norvegiya butun dunyodagi bor urug‘lar uchun ombor yaratdi. Bu noyob zamonaviy omborxonada yo‘qolib qolgan taqdirda ularni tiklash uchun butun sayyoradagi qishloq xo‘jaligi ekinlari namunalari yig‘iladi. Donlarning hayotiylik kuchini saqlab qolish va ularning pishib ketishi oldini olish maqsadida kameradagi harorat Selsiy bo‘yicha -18 darajaga o‘rnatib qo‘yilgan. Boshpanadagi namunalar soni milliondan ortiq, shuningdek, bu yerda yangi urug‘lar uchun ham juda ko‘p joy ajratilgan.

Bogemiya o‘rmoni

 

Kaliforniyadagi o‘rmon har yili belgilangan vaqtda ikki hafta davomida G‘arb dunyosining eng nufuzli tarmoqlar va eng yirik kompaniyalar vakillari uchun uchrashuv joyi bo‘lib xizmat qiladi. Yashirin klub a’zolari siyosat va sanoat masalalarini muhokama qilishadi.

Jamiyat a’zolari boylik va maqomga ega  erkaklar klubda qatnashish va unga kirish uchun belgilangan to‘lov miqdorini to‘lashadi. Jamoaning ramzi boyo‘g‘li qushi. Klub faoliyati tarixi davomida bu joyda asosan noqonuniy yo‘llar bilan faqat bir nechtagina fotosurat olingan.

Ise Buyuk ibodatxonasi

Yaponiyada joylashgan bu ibodatxona quyosh ma’budasi Amaterasu-omikami sharafiga qurilgan. Bino har 20 yilda bir marta ta’mirlanib, uning tiklanish ramzini belgilaydi. Ichkariga kirishfaqat imperator oilasiga ruxsat berilgan. Yaponlar garchi bu haqda deyarli hech narsa bilishmasa-da, bu joyni muqaddas deb bilishadi. Boshqalar uchun ibodatxonaga kirishning yagona yo‘li - imperator oilasidan bo‘lgan qizga uylanish.

Vatikan maxfiy arxivi

400 yildan ziyod tarixga ega bu arxivda VIII asrga oid diniy hujjatlar saqlanadi. Hujjatlarda cherkov tarixi va qiziqarli tarixiy voqealar (Rim papasining yorlig‘i, Mikelanjeloning xatlari, Galileyning sudlanishi haqidagi faktlar) tasvirlangan. Arxiv ma’lumotlarini o‘rganishga faqat olimlarga ruxsat etilgan.

Metro-2

Taxminlarga ko‘ra,Metro-2 urush davrida Moskvada Stalin buyrug‘iga binoan (u orqali Federal xavfsizlik xizmati, aeroport, Kremlkabi muhim davlat binolariga kirish imkonini berishi uchun)  qurilgan. 1992 yilda Yer osti dunyosi romani nashr etildi, shundan so‘ng aslida uni hech kim ko‘rmagan bo‘lsa-da, “Metro-2 borligi haqida mish-mishlar tarqalgan.

Tog‘dagi bunker

1958 yilda qurilgan markaz dunyodagi eng xavfsizva har xil ofatlardan boshpana bo‘lishi kerak. AQSh hukumatining yuqori martabali amaldorlari uchun mo‘ljallangan joy Vashington yaqinida joylashgan.

Lasko g‘orlari

Lasko butun dunyo arxeologlari uchun oltin kon hisoblanadi. G‘or majmuasida 17 300 yil ilgarigi san’at asarlari mavjud. Afsuski, g‘or 1963 yildan beri odamlar uchun yopiq. Arxeologlar qadimgisan’at asarlari inson aralashuvi tufayli yo‘q qilinishidan xavotirda...

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.