Yerevandagi savdo majmuasida yuz bergan portlash qurbonlari 17 kishiga yetdi
Yerevandagi ulgurji va chakana savdo majmuasida yuz bergan portlashlar va yong‘in oqibatida kamida 17 kishi halok bo‘ldi, 57 kishi jarohatlandi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qildi. Jarohatlanganlar orasida bolalar ham bor.
Kun yarmida bozor hududida kuchli portlash sodir bo‘lgan, shundan so‘ng yong‘in boshlangan. Yong‘in pirotexnika omborlarini qamrab oldi, birinchi va keyingi portlashlar pavilyonlarning qulashiga olib keldi.
Rasmiylar vayronalar ostida odamlar qolgani haqida xabar berishdi.