Erkak rashk sabab tanish ayolining erini va o‘zini pichoqladi

2020 yil 9 fevral kuni taxminan soat 20:45 da muqaddam sudlangan 52 yoshli Q.A. o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan 39 yoshli D.J. (ayol)ning yashash xonadoniga borib, o‘zining bugungi kundagi turmush o‘rtog‘i, 67 yoshli F.X. bilan o‘zaro rashk tufayli tortishib qolgan. O‘zi bilan olib kelgan pichoq bilan F.X.ning qorin sohasiga bir marotaba urib, unga va o‘ziga jarohat yetkazgan.

Buning oqibatida F.X. va Q.A.lar olgan tan jarohatlari bilan shifoxonaga murojaat qilishgan.

Mazkur holat yuzasidan Zarbdor tumani IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deya xabar berdi O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.