Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Erkin Vohidov nomidagi stipendiyani shoirning o‘g‘li topshiradi

Kecha maktabimizda mazkur stipendiyaning 2019 yil nomzodlarini aniqlash tanlovi bo‘lib o‘tdi, deb yozadi Erkin Vohidov ijod maktabi. O‘quvchilar yashirin ovoz berish yo‘li bilan ijod, ilm va odobda namuna bo‘lgan 10 nomzodni saralab berdi. Ishtirokchilar erkin ijod, mavzu bo‘yicha asar yozish va badiiy tahlil bo‘yicha bellashdi.

Yakuniy sarhisobga ko‘ra 10-sinf o‘quvchilari Hojimurod Qo‘ziboyev hamda Muattar Mamatkarimova stipendiant deb topildi. Eng quvonarlisi, ushbu mukofotni ular dushanba kuni Erkin Vohidovning o‘g‘li Xurshid Vohidov va qizi qo‘lidan oladi. Ijod maktabi jamoasi ushbu mukofot bilan o‘quvchilarni rag‘batlantirayotgan Erkin Vohidovning o‘g‘li Xurshid Vohidovga samimiy minnatdorlik bildiradi.