Erkinjon Turdimov Samarqand davlat universiteti jamoasiga minnatdorlik bildirdi

Samarqand shahridagi "Mo‘’jiza“ amfiteatrida "Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!“ festivali doirasida gala-konsert bo‘lib o‘tdi.

Unda Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov ishtirok etdi va ushbu festivalga o‘zining munosib hissasini qo‘shayotgani uchun Samarqand davlat universitetiga alohida minnatdorlik bildirdi.

— Samarqandimizda o‘tkazilayotgan ushbu festivalda Samarqand davlat universiteti talabalari alohida jonbozlik ko‘rsatmoqda, - dedi E.Turdimov. - Bugun sport musobaqalari, fan olimpiadalari o‘tkazildi. Bular yuzaki emas, haqiqatan ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.

Samarqand davlat universiteti rektoratiga, jamoasiga, talabalariga alohida minnatdorlik bildiraman! SamDU talabalari barakali, kelajagi bor yoshlar!

Shundan keyin "Viloyat hokimi fan olimpiadasi" g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ta’kidlash lozimki, bugun Samarqanddagi barcha oliy ta’lim muassasalarida yoshlar festivali doirasida "Viloyat hokimi fan olimpiadasi" o‘tkazildi.

Unda viloyatimizdagi 10-, 11-sinf o‘quvchilari fanlar kesimida ishtirok etdi.

Yakuniy natijalar quyidagicha:

SamVMIda biologiya fanidan 10-sinflar bo‘yicha

1-o‘rin N.Gadoyeva (Past Darg‘om tumanidagi 28-IDUM o‘quvchisi);

11-sinflarda 1-o‘rin S.Muhiddinov (Kattaqo‘rg‘on shahar, 17-IDUM o‘quvchisi) qo‘lga kiritdi.

Samarqand davlat tibbiyot institutida kimyo fanidan

1-o‘rin 10-sinf o‘quvchisi Sevinch Husanova (Samarqand shahar 29-umumiy o‘rta ta’lim maktabi) va

11-sinf o‘quvchisi Sevinch Bo‘ltakova (Samarqand shahar 29-umumiy o‘rta ta’lim maktabi)ga nasib etdi.

Rus tili fanidan 1-o‘rin 10-sinf o‘quvchisi Elmira Elmurodova (Past Darg‘om tumani 55-umumiy o‘rta ta’lim maktabi) va

11-sinf o‘quvchisi Dilnura Mamatqulova (Samarqand shahar 51-umumiy o‘rta ta’lim maktabi) egalladi.

TDAU Samarqand filialida o‘zbek tili va adabiyoti (rus sinflarda) fanidan

1-o‘rin 10-sinf o‘quvchisi Madina Jalil qizi (Nurobod tumani 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabi) va 11-sinflar o‘quvchisi Nafisa Mirsanova (Samarqand shahri 1-IDUM) g‘olib deb topildi.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialida rus tili va adabiyoti fanidan (o‘zbek sinflarda) olimpiada yakuniga yetdi.

1-o‘rin Payariq tumanidagi 6-maktabning 10-sinf o‘quvchisi Umida Yulibayeva va

Samarqand tumani 37-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Zamirabonu Jo‘raqulovaga nasib etdi.

Viloyat hokimi E.Turdimov g‘oliblarni qutladi.