Eron Interpoldan Trampga nisbatan “xalqaro qidiruv” e’lon qilinishini talab qildi

Eron Sud hukumati, islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi generali Qosim Sulaymonining o‘limi sababli Interpoldan AQSh Prezidenti Donald Trampga nisbatan “xalqaro qidiruv” e’lon qilinishini talab qilmoqda. Bu haqda Mehragentligi xabar berdi.

“Qosim Sulaymoni o‘limiga aloqasi bo‘lgan va shu masala bilan shug‘ullangan, orasida AQSh va boshqa davlatlarning harbiy va siyosiy faollari bo‘lgan 36 kishi aniqlandi”, deb ta’kidladi Tehron prokurori Ali Mehra.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu shaxslar “qotillik” va “terrorizmda” ayblanmoqda. Eron Sud hukumati tomonidan ularni javobgarlikka tortish qarori qabul qilingan va gumonlanuvchilarni dunyo bo‘ylab hibsga olinishida hamkorlik qilishi uchun Interpolga murojat qilingan.

- Ro‘yxatning birinchi o‘rnini AQSh Prezidenti Donald Tramp band etgan, - deya ta’kidladi Ali Mehra.

Eslatib o‘tamiz, general Sulaymonini yo‘q qilish uchun joriy yilning 3 yanvar kuni AQSh tomonidan maxsus tadbir o‘tkazilgan edi. Tadbir yakuniga ko‘ra, Sulaymoni o‘ldirildi.