Eronda AQSh josusi qatl etildi

Eronda AQSh markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) bilan hamkorlik qilganlikda ayblangan Reza Asgari qatl etildi. Bu haqda 14 iyul kuni mamlakatning sud hukumati vakili G‘ulamxuseyn Esmoili ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron Mudofaa vazirligi aerokosmik sektori xodimi Reza Asgariga nisbatan chiqarilgan sud hukmi ijrosi amalga oshirilgan. U MRBga Eron raketalari to‘g‘risida ma’lumotlar yetkazganlikda aybdor, deb topildi.

2020 yilning fevral oyida MRB manfaatlari uchun josuslik qilganlikda ayblangan yana bir shaxs qatlga hukm qilingan edi. Bundan tashqari, AQSh MRB uchun ma’lumot to‘plaganlikda ayblangan yana ikki kishiga nisbatan uzoq muddatli qamoq jazosi tayinlangan.

2019 yilning iyul oyida Eron maxsus xizmati AQSh MRBga ishlaydigan 17 nafar josus aniqlanganini ma’lum qilgan edi.