Ertaga, 4 dekabr kuni Samarqandda O‘zbekiston kubogining final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi
- 03.12.2021 19:07
- 77
- Sport

«Paxtakor» — «Nasaf» jamoalari bellashuviga soat 16:00 da start beriladi.
Tashkilotchi - PFL futbolga qadar bir qator tadbirlarni rejalashtirgan. Bugun, 3 dekabr kuni «Alexander» mehmonxonasida «Paxtakor» va "Nasaf" jamoalari bosh murabbiylari va ikki futbolchi ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, kubok avtobuslardan iborat kortejda shahar bo‘ylab aylantirildi.
Ertaga, 4 dekabr kuni soat 10:00 dan 14:00 gacha O‘zbekiston "Coca-Cola" kubogi Registon maydonida qad rostlaydi.
«Dinamo» stadioniga kirish darvozasi yonida soat 15:00 dan boshlab shou-konsert dasturi o‘tkaziladi. Uchrashuvning tanaffus qismida va so‘ngida o‘zbek estrada yulduzi Rayhona qo‘shiq ijro etishi aytilmoqda.
Teglar:
Futbol
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Arvohlar o‘chimi, tasodifmi?
- 06/06, 18:19
- O'qing, qiziq!
Nurobodda turizm qishloqlari tashkil etilyapti
- 05/06, 22:28
- Samarqand
Yetimning haqi
- 05/06, 20:05
- Mutolaa