Yeryong‘oq moyi olmosga aylanishini bilasizmi? Tovuqning tush ko‘rishini-chi?

🔹 O‘rtastatistik odam DNKsining barcha zanjirlari Quyoshdan Pluton sayyorasigacha bo‘lgan masofadan 17 baravar uzunroq.
Inson tanasida taxminan 37 trillion hujayralar mavjud, agar har bir hujayra DNKlari yoyilib, molekulalari bir-biriga yaqin joylashtirilsa, ularning umumiy uzunligi 2x1014 metrga yetadi, bu Quyosh va Pluton o‘rtasida 17 marta sayohat qilish uchun yetarli.



🔹 To‘g‘ri qaror qabul qilish uchun miyaga glyukoza kerak.

🔹 Zamonaviy er-xotinlar bir-biri bilan kuniga atigi to‘rt daqiqa vaqtini o‘tkazadi. Bunga ish soatlarining ko‘payishi, farzandlar, televizor, internet, boshqa mashg‘ulotlarga chalg‘ish, uy va oiladagi majburiyatlar sabab bo‘la oladi.

🔹 Olimlar yoqimtoy hayvonlarni tomosha qilish stress darajasini ikki baravar kamaytirishini isbotladilar.



🔹 Tadqiqotga ko‘ra, ayollar erkaklarga qaraganda tez-tez ko‘zini miltillatadi. Ayollar 19 marta ko‘z miltilatgan bir paytda erkaklar faqat 11 marta miltillatishga ulguradi.

🔹 Agar odamning ko‘z gavhari olib tashlansa, u ultrabinafsha rangini ko‘ra oladi.



🔹 Uy mushuklarining xirillashuvi har doim ham bir xil emas. Ular kuzatuvi egasidan ovqat so‘rab uringanda, mushukchalarning miyovlashi yoki bola yig‘isiga o‘xshash ovoz “aralashtirib” xirillashini ko‘rsatdi.

🔹 Yaponiya aholisi atigi 100 kishini tashkil qiladigan Aoshima orolida 400 dan ortiq mushuk bor. Shu sababli bu joy “Mushuklar oroli” nomini olgan.



🔹 Tovuqlar tush ko‘rishi mumkin, bu olimlar tovuqlar uxlaganida ko‘zlarini harakatga keltira olishlarini aniqlaganlarida ma’lum bo‘ldi.

🔹 Yeryong‘oq moyi nihoyatda katta bosim ostida olmosga aylanadi.

🔹 Dunyoda juda kam uchraydigan ikki qorachiqli ko‘z egalari bor.

Bahora to‘pladi.