Eshitilishi g‘alati... yoki dunyodagi eng kulgili shahar nomlari
Qishloqlar, shaharlar yoki boshqa munisipalitetlar bo‘lmasin, shaharga munosib nom berish oson ish emas. Dunyodagi ba’zi aholi punktlari o‘z nomlanishi bilan mashhur. Bugungi maqolada Turkiyadan Norvegiyagacha bo‘lgan eng g‘alati, eng kulgili va hayratlanarli nomlanishlar tanlab olingan.
Betmen (Batman), Turkiya
Yo‘q, u yerda odamsimon ko‘rshapalaklar yo‘q.Turkiyaning bu viloyati o‘z nomini... daryo sharafiga olgan. Ushbu joy nomi yaqin atrofdagi Bati Raman tog‘lariga bag‘ishlangan.
2008 yilda Betmen meri shahar nomini qo‘llagani uchun “Warner Bros.” kompaniyasi va kinorejissyor Kristofer Nolanni sudga berish bilan tahdid qilgan, biroq gap tahdidlardan nariga o‘tmadi.
Vava (Wawa), Ontario, Kanada
Ko‘l sohilidagi kichik Vava shaharchasi g‘oz sharafiga atalgan. Aniqrog‘i, mahalliy hindularqabilasi yovvoyi g‘ozlarni shu tarzda “wyewye” debchaqirgan. Umuman olganda, sayyohlarni o‘ziga tortadigan 8,5 metr balandlikdagi ulkan g‘oz haykali bo‘lmaganida, 3 ming aholiga ega bu shaharcha haqida boshqa biror narsa deyish mushkul.
Llanvayrpullguingillgogerixuirndrobullllantisiliogogogóx (Llanfairpwllgwyngyllgogerychwyrndrobwllllantysiliogogogoch), Uels, Buyuk Britaniya
Yo‘q, matnda xato ketgani yo‘q, bu Yevropadagi eng uzun geografik nom. U qishloq joylashishini prozaik tarzda tasvirlaydi. Uyels tilidan tarjima qilinadigan bo‘lsa, nomlanish "Bo‘ronli girdob yaqinidagi oq yong‘oq daraxtining bo‘shlig‘ida joylashgan Avliyo Maryam cherkovi va qizil g‘or yaqinidagi Aziz Tisilio cherkovi" degan ma’noni anglatadi.
O‘tgan asrning 80 yillarida bu nom shaharga reklama va sayyohlarni jalb qilish maqsadida berilgan. Xo‘sh, bu haqda yozayotgan ekanmiz,maqsadga erishildi desak ham bo‘ladi.
Iy (Ii), Finlyandiya
Iy munisipal hududi Finlyandiya standartlari bo‘yicha unchalik kichik emas - u yerda deyarli 10 ming kishi yashaydi. Shahar nafaqat dunyodagi eng qisqa ismlardan biri bilan mashhur bo‘ldi. 2019 yilda rasmiylar bu yerda butunlay chiqindisiz ishlab chiqarishga o‘tishni va qazib olinadigan yoqilg‘idan foydalanishdan voz kechishni xohlashdi. 2020 yilda ular haqiqatan ham muvaffaqiyatga erishdi.Tabiat va epidemiologik vaziyat ularni bor kuchi bilan qo‘llab-quvvatladi.
O (Å),Norvegiya
Bu bir harfli so‘z aslida "kichik daryo" deb tarjima qilinadi. Kichik, ammo xushmanzarabaliqchilar qishlog‘i Norvegiya shimolidagi Lofoten orollarida joylashgan.
Agar siz uni yagona deb o‘ylasangiz, adashasiz: uni ko‘pincha "Lofotendagi O" deb atashadi. Negadeysizmi? Xuddi shu nomdagi boshqa qishloqlar bilan adashmaslik uchun...
Gebergte (Gebergte), Niderlandiya
“Tog‘ tizmasi” deb tarjima qilinadigan aholi punkti shu qadar kichikki, u haqda hatto Vikipediyada ma’lumot ham yo‘q. Hammasi yaxshi, lekin Gollandiyada tog‘larning o‘zi ham yo‘q! Mamlakatning eng baland nuqtasi - Valserberg dengiz sathidan atigi 322 metr balandlikdajoylashgan.
Qiziq, aholi punktining bunday nomlanishiga nima turtki bo‘lgan ekan? Yoki mahalliy aholi tog‘lar qanday ko‘rinishga ega ekanligidan xabardor emas... Har holda, endi agar kimdir Gollandiyada tog‘ yo‘q, deb aytsa, siz ishonch bilan “u yerda tog‘ bor” deb ayta olishingiz mumkin.
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.