Yetkazib berish xizmatlaridan foydalanish xavfli emasmi?

Avval xabar berganimizdek, AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Yetkazib berish xizmati xodimlari, mahsulot sotuvchilar, oshpazlar, farmatsevtlar va shu kabi boshqa soha vakillari COVID-19 bo‘yicha testdan o‘tkazilmaydimi? degan aholidan tushgan savolga Nurmat Otabekov javob berdi.

"Taom, mahsulot va hokazo yetkazib beruvchi xizmatlar xodimlari koronavirus infeksiyasini aniqlash bo‘yicha testdan o‘tkazilmaydi. Ular taom yetkazib berishda mavjud xavfsizlik talablariga qat’iy amal qilishlari kerak. Ya’ni, niqob taqish, rezina qo‘lqoplar kiyish, kamida 1 metr masofa saqlash rejimiga rioya etishlari lozim. Barcha ishchilar tana haroratini o‘lchash bo‘yicha ertalabki filtr tizimidan o‘tkaziladi. Shamollash alomatlari mavjud xodimlar ishga qo‘yilmaydi".