YTTB konferensiyasi: Xalqaro moliya tashkilotlari O‘zbekistonda qaysi yo‘nalishlarga pul “tikmoqda”?

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB)ning Samarqandda o‘tayotgan yillik yig‘ilishi birinchi kun yakunida imzolangan qator investitsiyaviy kelishuvlar haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ma’lumot berdi.

Jumladan,
- BAAning ikki kompaniyasi esa 3,8 mlrd dollarlik energetika loyihalarini amalga oshirmoqchi;
- YTTB tomonidan Samarqandda elektrobuslar qatnovini yo‘lga qo‘yish uchun 49 mln dollargacha mablag‘ ajratadi. Ajratilgan mablag‘ zaryadlovchi qurilmalar bilan birga 100 tagacha o‘rta o‘lchamdagi (10,5 m) elektrobuslarni sotib olish, shuningdek, elektobuslar parki, elektr stansiyasi, foydalanish uchun ma’muriy binolar va texnik xizmat ko‘rsatish ob’yektlarini o‘z ichiga olgan zarur infratuzilmani yaratish uchun ishlatiladi;

- Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Energetika vazirligi va Masdar kompaniyasi o‘rtasida 2,6 mlrd dollari miqdorida quvvati 2150 MVt va 500 MVt bo‘lgan foto va shamol elektr stansiyalari loyihalarini birgalikda ishlab chiqish bo‘yicha bitim;

- Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi va Xalqaro moliya korporatsiyasi o‘rtasida Toshkent shahrida elektr energiyasini taqsimlash loyihasi bo‘yicha 300 mln dollarlik moliyaviy va konsalting xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risida bitim;

- Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, “O‘zsuvta’minot” aksiyadorlik jamiyati va Fransiyaning “Suez” kompaniyasi o‘rtasida Surxondaryo viloyatida suv ta’minoti tizimini yaxshilash bo‘yicha umumiy qiymati 500 million dollarlik loyihani amalga oshirish to‘g‘risida bitim;

- Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi va ACWA Power kompaniyasi o‘rtasida “Yashil vodorod” loyihasini rivojlantirish bo‘yicha umumiy qiymati 88 million dollarlik investitsiya shartnomasi.

Bugun YTTB konferensiyasi yig‘ilishi davom etmoqda.