Yetti nafar bokschimiz bugun "Yelorda kubogi"da chempionlik uchun ringga chiqadi

Qozog‘iston poytaxtida boks bo‘yicha ilk bor tashkil etilayotgan "Yelorda kubogi" hal qiluvchi pallaga kirdi. Bugun turnirning final janglari bo‘lib o‘tadi.

Musobaqada mezbonlardan tashqari Kuba, Hindiston, Xitoy, Yaponiya, Mo‘g‘uliston kabi boks olamida kuchli maktabga ega 10 dan ortiq mamlakat vakillari qatori hamyurtlarimiz ham ishtirok etmoqda. Murosasiz o‘tgan saralash bellashuvlaridan keyin O‘zbekiston terma jamoasining 7 nafar vakili final bosqichiga yetib keldi.

E’tiborlisi, bu gal oltin medal uchun bahs olib boradigan qizlarimiz yigitlarimizdan son jihatdan ustunlik qilmoqda. Bugun chempionlik uchun ringga ko‘tariladigan hamyurtlarimiz va ularning raqiblari bilan tanishing:

Erkaklar:
-48 kg: Asilbek Jalilov - Temirtas Jussupov (Qozog‘iston)
-75 kg: Saidjamshid Jafarov - Felesiano Martines (Kuba)
+92 kg: Lazizbek Mullajonov - Damir Toibay (Qozog‘iston)

Ayollar:
-50 kg: Sabina Boboqulova - Namiki Sukimi (Yaponiya)
-52 kg: Feruza Kazakova - Jana Shekerbekova (Qozog‘iston)
-54 kg: Nigina O‘ktamova - Boro Jamuna (Hindiston)
-57 kg: Sitora Turdibekova - Karina Ibragimova (Qozog‘iston)

Bronza medali sohiblari:

Erkaklar:
-51 kg: Shahzod Muzaffarov
-57 kg: Dilshod Abdumurodov
-60 kg: Adhamjon Muhiddinov
-63.5 kg: Mujibillo Tursunov
+92 kg: Jahongir Zokirov

Ayollar:
-48 kg: Farzona Fozilova
-48 kg: Marjona Savriyeva
-66 kg: Navbahor Hamidova
-75 kg: Sohiba Ro‘zmetova