E.Turdimov: Har yili viloyatimizda mehnat bozoriga 75 ming kishi kirib kelyapti

- Joriy yilda 77,4 ming nafar fuqarolarning bandligi ta’minlanmoqda, - dedi viloyat hokimi murojaatnomasida.

Jumladan, fuqarolarning 40 ming 360 nafari tadbirkorlikni rivojlantirish, tarmoq va hududiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish hisobiga hamda 37 ming nafari doimiy ish o‘rinlariga ishga joylashtiriladi.
Barcha yo‘nalishlarda davlatimiz tomonidan 4488 nafar fuqarolarga 92 milliard so‘mlik subsidiyalar ajratildi.

"Viloyatda bugungi kunda ishsizlik darajasi 9,7 foizni tashkil etib, 155 ming nafar fuqaro ishsizlar ro‘yxatida turibdi. Har yili mehnat bozoriga 75 ming kishi kirib keladi.
Buning uchun biz, 2022 yilda 230 ming ishsiz fuqarolar bandligini ta’minlash va yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqdik.
Jumladan:
- 23 ming 170 nafar fuqaro 985 ta hududiy va davlat investitsiya loyihalariga;
- 20 ming 400 nafar fuqarolar paxta va g‘alladan qisqaradigan maydonni ijaraga berish orqali;
- 14 ming 235 nafar fuqarolar 1254 ta ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilma ob’yektlarini tashkil etish hisobiga;
- 18 ming 62 nafar fuqarolar oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi hisobiga;
- 54 ming 207 nafar fuqarolar bandlik jamg‘armalari hisobiga;
- 5 ming 807 nafar fuqarolar xizmatlar sohasi va lider tadbirkorlarga beriladigan imtiyozli bank kreditlari hisobiga (PQ-5113, PQ-5214);
- 26 ming 157 nafar fuqarolarni rasmiy legallashtirish hisobiga;
- 72 ming 431 nafar fuqarolarni g‘alladan bo‘shagan maydonlarga takroriy ekinlar ekish hisobiga;
- 1 ming 338 nafar fuqarolarni qo‘shimcha loyihalarni shakllantirish hisobiga bandligi ta’minlanadi", deyiladi murojaatnomada.