Evropa Ittifoqi rahbarlari Turkiyaga qarshi sanksiyalar joriy etish masalasini ko‘rib chiqishi mumkin

Germaniya tashqi ishlar vaziri Xayko Maas Yevropa Ittifoqi (YeI) mamlakatlari rahbarlari dekabr oyida bo‘lib o‘tadigan sammitda Anqaraning Sharqiy O‘rta Yer dengizidagi harakatlari sababli Turkiyaga nisbatan sanksiyalar joriy etish masalasini ko‘rib chiqishi mumkinligini ta’kidladi. Bu haqda 19 noyabr kuni RIA Novosti nashri xabar berdi.

“Afsuski, har safar yangi fitnali xatti-harakatlar kuzatiladi. Shu sababli barchasi Turkiyaning qo‘lida. Agar dekabrga qadar Turkiyadan ijobiy signal bo‘lmasa, Erdo‘g‘anning Shimoliy Kiprga tashrifi kabi xatti-harakatlar ko‘zatilsa, u holda o‘ta og‘ir muzokarlar bo‘ladi (Yevropa Ittifoqi rahbarlarining dekabrdagi sammitida)”, deya ta’kidladi Maas YeI tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishidan oldin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya va Gretsiya o‘rtasidagi Kipr muammosini hal qilishga urinishlar hozircha Yevropa kutgan natijaga olib kelmagan. Anqaraga nisbatan sanksiyalar joriy etilishi mumkinmi, degan savolga Maas YeIda bu masala ilgari ham ko‘tarilganini ma’lum qildi.

“Agar Turkiyaga nisbatan ijobiy o‘zgarishlar bo‘lmasa, unda dekabr oyidagi YeI kengashida bu mavzu (sanksiyalar mavzusi) yana ko‘tariladi”, deb ta’kidladi Maas.

15 noyabr kuni Turkiya prezidenti Shimoliy Kiprga, ya’ni yaqinda Famagusta hududida ochilgan Varosha kvartaliga tashrif buyurdi. Gretsiya va Kipr Respublikasi buni “misli ko‘rilmagan fitnali harakat”, deb baholadi.

Varosha sayyohlik kvartali 1974 yilda Turkiya armiyasi tomonidan Kiprning bir qismi bosib olinganidan so‘ng yopilgan edi. Varosha BMT Xavfsizlik Kengashining 1984 yilgi rezolyusiyasi bilan himoyalangan.